Xolmatjanov Baxtiyar Maxamatjanovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqaviy atmosfera sirkulyasiyasi, uning O‘rta Osiyo iqlimining o‘zgarishi va O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havoning ifloslanishiga ta’siri xususiyatlari», 11.00.04–Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya  (geografiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Gr12.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27.06.2017.G.47.01.

Rasmiy opponentlar: Abdullaev A’lo Kayumxodjaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Arushanov Mixail L`vovich, geografiya fanlari doktori; Tleumuratova Bibigul` Saribaevna, fizika-matematika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy resurslar tizimida atmosfera havosining xossalari va funksiyalarini aniqlash hamda mintaqaviy atmosfera sirkulyasiyasining O‘rta Osiyoda iqlim o‘zgarishiga va O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havoning ifloslanishiga ta’sirini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor atmosfera havosining tabiiy resurs sifatida “tabiat” va “jamiyat” megatizimlari bilan bog‘liq xom-ashyo va noxom-ashyo funksiyalari tasnifi ishlab chiqilgan;

joriy iqlimiy davrda (1991-2016 yy.) O‘zbekistonning alohida hududlarida havo harorati va yog‘inlar yig‘indilarining bazaviy iqlimiy davr me’yorlariga nisbatan o‘zgarishlari mintaqaviy atmosfera sirkulyasiyasi hamda ularning tabiiy-geografik sharoitlari ta’sirida sodir bo‘lgani aniqlangan;

joriy iqlimiy davr uchun sovuq va iliq yarim yilliklarda O‘rta Osiyo sinoptik jarayonlari almashinuvining asosiy sikllari sxemalari ishlab chiqilgan;

ilk bor shimoliy yarimsharning muayyan atmosfera sirkulyasiyasi shakllariga mos keluvchi O‘rta Osiyo sinoptik jarayonlari davomiyligining nisbiy o‘zgaruvchanligini ko‘rsatuvchi yangi sirkulyasiya indekslari ishlab chiqilgan;

sirkulyasion sharoitlarning joriy iqlimiy davrdagi o‘zgarishlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havoning iliq yarim yillikda havo oqimlari bilan tozalanishiga olib kelishi, sovuq yarim yillikda esa ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining ortishi ko‘rinishida havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mintaqaviy atmosfera sirkulyasiyasining o‘zgarishi hamda uning O‘rta Osiyo iqlimining o‘zgarishi va O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havoning ifloslanishiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

atmosfera havosining tabiiy resurs sifatida “tabiat” va “jamiyat” megatizimlari bilan bog‘liq xomashyo va noxomashyo funksiyalari tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 26 dekabrdagi 03-03/3-4670-son ma’lumotnomasi). Natijada atmosfera havosidan foydalanish samaradorligini oshirish va muhofaza qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish imkonini bergan;

joriy iqlimiy davrda (1991-2016 yy.) O‘zbekistonning alohida hududlarida havo harorati va yog‘inlar yig‘indilarining bazaviy iqlimiy davr me’yorlariga nisbatan o‘zgarishlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 26 yanvardagi 2/4/24-196-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning turli iqlimiy rayonlari uchun bazaviy iqlimiy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari o‘ta qisqa muddatlidan mavsumiygacha bo‘lgan turli vaqt ko‘lamiga ega ob-havo prognozlarini tuzishga imkon bergan;

joriy iqlimiy davr uchun sovuq va iliq yarim yilliklarda O‘rta Osiyo sinoptik jarayonlari almashinuvining asosiy sikllari sxemalari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 26 yanvardagi 2/4/24-196-son ma’lumotnomasi). Natijada sinoptik jarayonlar turlari almashinuvining ishlab chiqilgan asosiy sikllari sxemalari va olingan statistik-stoxastik ko‘rsatkichlardan uzoq muddatli prognozlashga imkon bergan;

ishlab chiqilgan shimoliy yarimsharning muayyan sirkulyasiya shakllariga mos keluvchi O‘rta Osiyo sinoptik jarayonlari davomiyligining nisbiy o‘zgaruvchanligini ko‘rsatuvchi yangi sirkulyasiya indekslari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2019 yil 26 yanvardagi 2/4/24-196-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi sirkulyasiya indekslari O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sharoitlarida havo harorati va yog‘inlar rejimlarining o‘zgarishini baholash imkonini bergan;

sirkulyasion sharoitlarning joriy iqlimiy davrdagi o‘zgarishlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havoning iliq yarim yillikda havo oqimlari bilan tozalanishiga olib kelishi, sovuq yarim yillikda esa ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining ortishi ko‘rinishida havo sifatiga salbiy ta’siri O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 26 dekabrdagi 03-03/3-4670-son ma’lumotnomasi). Natijada Ohangaron vodiysi hududidagi sanoat korxonalarining ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalaridan zararini minimallashtirish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish