Amirqulov Otabek Saydullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chidamli navlarni tanlash asosida bug‘doyni so‘ruvchi zararkunandalardan himoya qilish tizimini ishlab chiqish», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx251.

Ilmiy rahbar: Po‘latov Zarip Aslamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Xodjaev Shamil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Anorbaev Azimjon Raimqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamiz sharoitida ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlarida asosiy so‘ruvchi zararkunandalarga nisbatan chidamli navlarni aniqlash asosida ularga qarshi himoya qilish tizimini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor respublikamiz sharoitida ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlarining asosiy so‘ruvchi zararkunandalarga (zararli xasva, g‘alla shiralari va bug‘doy tripsi) nisbatan chidamliligi tahlil qilingan hamda darajasi bo‘yicha 3 guruhga ajratilgan;

so‘ruvchi hasharotlar bug‘doyni qaysi rivojlanish davrida zarar keltirishiga qarab, ularning o‘simlik hosildorligiga va don sifatiga ta’siri aniqlangan;

turli bug‘doy navlarining so‘ruvchi zararkunandalariga nisbatan chidamliligini aniqlash asosida o‘simlik hosildorligini va don sifatini saqlab qolishi isbotlangan;

so‘ruvchi zararkunandalarga nisbatan chidamli, o‘rtacha chidamli va chidamsiz bug‘doy navlarida insektisidlarni qo‘llash mumkinligi aniqlangan;

so‘ruvchi zararkunandalarga nisbatan chidamli bo‘lgan bug‘doy navlarini ekish asosida umumiy himoya qilish tizimi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Chidamli navlarni tanlash asosida bug‘doyni so‘ruvchi zararkunandalardan himoya qilish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

g‘allachilik fermer xo‘jaliklari uchun «G‘alla maydonlariga zarar etkazadigan zararli xasva va uning zarari, miqdorini aniqlash hamda unga qarshi kurash» va «Boshoqli don ekinlarida uchraydigan begona o‘tlar, kasalliklar va zararkunandalarning rivojlanishi, zarari va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari» bo‘yicha amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 sentyabrdagi 02/021-1278-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar g‘alla maydonlarida so‘ruvchi zararkunandalarga chidamli navlarni tanlab olish va ularga qarshi kurashda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

boshoqli don ekinlari asosiy so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi kuzgi yumshoq bug‘doyning «Yaksart» va «G‘ozg‘on» hamda qattiq bug‘doyning «Mingchinor» va «Zilol» navlari Qashqadaryo viloyati Qarshi, Muborak tumanlarida hamda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo filiali tajriba xo‘jaligida 100 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 sentyabrdagi 02/021-1278-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navlardan gektaridan o‘rtacha 50,4-52,8 sentnergacha don hosili olish imkoni yaratilgan;

boshoqli don ekinlarining asosiy so‘ruvchi ya’ni g‘alla shiralari, bug‘doy tripsi va zararli xasva kabi zararkunandalariga nisbatan chidamli kuzgi bug‘doyning «Yaksart» va «G‘ozg‘on» navlari fermer xo‘jaliklariga 55 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 sentyabrdagi 02/021-1278-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu g‘alla navlarida 1 kg bug‘doy doni tannarxi 416,5-436,3 so‘mni, sof foyda 572,8-704,8 ming so‘mni, rentabellik darajasi esa 30-32 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish