Abdullaev Dilmurod Sharifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Curunkali yurak etishmovchiligiga chalingan bemorlarda tarqalgan parodontitni kompleks davolashni takomillashtirish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib496.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Arjansev Andrey Pavlovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Orenburg davlat tibbiyot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligiga chalingan bemorlarda parodont holatini o‘rganish va ularda parodontitlarni davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SYuE turli darajalari mavjud bemorlarda parodont to‘qimasi holati OHI-S va CPITN indekslari hamda RMA ko‘rsatkichining ortishi bilan kechuvchi parodont to‘qimasi mikrotsirkulyasiyadagi buzilishlar kompleks baholangan;
mikrotsirkulyator o‘zan tekshiruvlari asosida SYuE bilan kasallangan bemorlarda rivojlangan tarqalgan parodontitda bazal qon oqimining o‘rtacha kvadratik og‘ishi va qon oqimi variatsiyasi koeffisientini susayishi hamda flaksmotsiy indeksini ortishi bilan ifodalanuvchi parodont to‘qimasida qon oqimining susayishi isbotlangan;
tarqalgan parodontit mavjud SYuEga chalingan bemorlarning funksional sinfga mos holda MMP-1 faolligining ortishi va MMPTI-1 miqdorining kamayishi parodont to‘qimasida kollagen almashuvi buzilishini ko‘rsatuvchi marker ekanligi isbotlangan;
SYuE negizida kechuvchi tarqalgan parodontitni kompleks davolashda OHI-S, CPITN va RMA indeks ko‘rsatkichlari ishonarli ravishda ortishi, parodont to‘qimasi mikrotsirkulyasiyasining yaxshilanishi va MMP-1, MMPTI-1 kabi fibroz marker ko‘rsatkichlarini tiklovchi ijobiy ta’siri asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligi negizida kechuvchi tarqalgan parodontitni tashxislashni takomillashtirish, klinik tavsifi, davolashni muqobillashtirish va profilaktikasini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“SYuE mavjud bemorlarda tarqalgan parodontitni tashxislashda parodont mikrotsirkulyasiyasining ahamiyati” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 martdagi 8n-d/61-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma SYuE negizida kechuvchi tarqalgan parodontitni tashxislashda parodont to‘qimasidagi mikrotsirkulyasiyaning ahamiyatini o‘rganish imkonini bergan;
“SYuE bilan kasallangan bemorlarda tarqalgan parodontitni davolashda “Xandeliya” gelini qo‘llash” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 martdagi 8n-d/61-son ma’lumotnomasi). Uslubiy qo‘llanma SYuE bilan kasallangan bemorlarda tarqalgan parodontitni kompleks davolashni takomillashtirish, muqobillashtirish va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan: Toshkent davlat stomatologiya instituti terapevtik stomatologiya bo‘limi, Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi kardiologiya bo‘limi va Toshkent davlat unitar korxonasi 1-stomatologiya poliklinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 martdagi 8n-d/61-son ma’lumotnomasi). Tatbiq qilingan natijalar SYuE bilan og‘rigan bemorlarda tarqalgan parodontitni tashxislash va davolash samaradorligini oshirib, residivlanish sonini 2 martaga, kasallik davomiyligini 1,75 martaga kamayishiga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.