Raimova Guli Madmurodovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Trifolium pratense L. (sebarga) dan ajratib olingan ekstraktning fizik-kimyoviy va antikoagulyant xossalari va undan rodentisid sifatida foydalanish», 03.00.02–Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/V99.

Ilmiy rahbar: Nasirov Kabil Erkinovich, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.29.12.2018.V.01.13.

Rasmiy opponentlar: Petr Grigor`evich Merzlyak, biologiya fanlari doktori; Leviskaya Yuliya Vladimirovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Trifolium pratense L. (sebarga) o‘simligidan ajratib olingan ekstraktning fizik-kimyoviy, antikoagulyant xossalarini aniqlash va uning asosida rodentisid preparat resepturasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mahalliy Trifolium pratense L. (sebarga) o‘simligidan kumarinlar kabi trombolitik ta’sirga ega bo‘lgan ekstrakt ajratib olingan va tarkibida dikumarol mavjudligi aniqlangan;

ekstraktning in vivo sharoitida ekzogen tromboplastinemiyada tromb hosil bo‘lishiga bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi antikoagulyantlar singari ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;

ekstraktning BD-31 sinergistlari bilan kompleks holda zararkunanda kemiruvchilarga kumulyativ va tanlab toksik ta’sir ko‘rsatishi, undan yangi rodentisid vositalarni yaratish va ishlab chiqarishda foydalanish mumkinligi aniqlangan;

feshurin, neveskin, samarkandin, bodiun terpenoid kumarinlari, seskviterpenlar aralashmasi va mog‘orlagan sebarga ekstrakti bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi antikoagulyant xossasiga egaligi aniqlangan va antikoagulyant sifatida foydalanish mumkinligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mog‘orlagan sebarga ekstraktining antikoagulyant xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

mog‘orlagan sebarga ekstraktining koagulyasion va trombotsitar gemostazni ingibirlash xususiyatlari FA-A11-T040 raqamli «Pulicaria gnaphalodes o‘simligi komponentlaridan antioksidant «Pulikaron» dori vositasini yaratish» mavzusidagi loyihada sal`vifolin va pulikaron flavanoidini antikoagulyant xossasini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 11 iyundagi 4/1255-1809-son ma’lumotnomasi). Natijada diterpen, kumarin va flavanoidlarning bilvosita antikoagulyant xossasini tavsiflash imkonini bergan;

sebarga ekstraktining antikoagulyant xossalaridan Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon Fizika va kimyo texnika institutining maqsadli ilmiy tadqiqotida kumarinlarning farmakologik xossalarini tavsiflashda foydalanilgan (Xinjiang Technical Institute of Physics and Chemistry of CASning 2019 yil 15 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada yangi kumarin birikmalari yordamida gemostaz tizimini boshqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish