Nasimov Baxtiyor Vasievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalar faoliyatini boshqarishda zamonaviy menejment uslublaridan foydalanish samaradorligi», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt63.
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isaev Ravshan Abduraxmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalar faoliyatini boshqarishda zamonaviy menejment uslublaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalar faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tizimi iqtisodiy salohiyatni baholashda ishlab chiqarish omillarining jalb etilganlik, hududiy mansublik hamda boshqaruvning murakkablik darajalarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
korxonalarni barqaror rivojlantirishning sinergetik samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan moslashuvchan tizimini yaratish uchun resurslarni boshqarishda «tadqiqot va ta’lim tizimi – oraliq institutlar – qiymat yaratuvchilar» zanjirining bosqichli yondashuvi ishlab chiqilgan;
korxonalarning strategik boshqarish tizimi fan va texnologiyalar salohiyati resurs tejovchi texnologiyalar hamda klasterlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligini integral baholash uslubi ularning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, mintaqalarning hududiy taqsimlanishi, resurslarni olishga bo‘lgan huquqi hamda innovatsion rivojlanish dasturlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar faoliyatini boshqarishda zamonaviy menejment uslublaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonalar faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tizimini iqtisodiy salohiyatni baholashda ishlab chiqarish omillarining jalb etilganlik, hududiy mansublik hamda boshqaruvning murakkablik darajalarini hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 5 martdagi SS-6-3/20-619-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan tayyorlangan takliflarda (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 30.12.2018y. XB-3-1/4-243-sonli xati) foydalanilgan;
korxonalarni barqaror rivojlantirishning sinergetik samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan moslashuvchan tizimini yaratish uchun resurslarni boshqarishda «tadqiqot va ta’lim tizimi – oraliq institutlar – qiymat yaratuvchilar» zanjirining bosqichli yondashuvi bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 5 martdagi SS-6-3/20-619-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarning innovatsion jarayonlarini samarali boshqarish orqali umumiy tushum hajmi 8,0 foizga oshgan;
korxonalarning strategik boshqarish tizimini fan va texnologiyalar salohiyatini resurs tejovchi texnologiyalar hamda klasterlarni qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 5 martdagi SS-6-3/20-619-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarning innovatsion jarayonlarini samarali boshqarish orqali xarajatlar 12,0 foizga kamaygan;
korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligining integral baholash uslubini iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, mintaqalarning hududiy taqsimlanishi, resurslarni olishga bo‘lgan huquqi hamda innovatsion rivojlanish dasturlarini qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 5 martdagi SS-6-3/20-619-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarda innovatsion faoliyatni boshqarish samaradorligini aniqlash, hisob-kitoblar doirasini kengaytirish hamda ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish imkoni yaratilgan.