Mamadjonova Nafisaxon Abdimannobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida yangi g‘o‘za navlarini etishtirishning suv va resurstejovchi agrotexnologiyalarni ishlab chiqish», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Qx258.
Ilmiy rahbar: Isashov Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Isaev Sobirjan Husanboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Tungushova Dilbar Abdukayumovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning o‘rta tolali «Andijon-37» va «Sulton» navlaridan ertaki, yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda, sug‘orish tartiblariga bog‘liq holda suv sarfini va ma’dan o‘g‘itlarni tejashda noan’anaviy agroruda (bentonit)dan foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ma’dan o‘g‘itlarga qo‘shimcha ravishda noan’anaviy agrorudalarni shudgorlashdan oldin hamda g‘o‘za navlarini shonalash davrida qo‘llashning resurstejamkor agrotexnologiyasi ishlab chiqilgan;
g‘o‘za navlarini parvarishlashda noan’anaviy agrorudalarni (bentonit) qo‘llash orqali tuproqning nam saqlash qobiliyatining ortishi natijasida maqbul suv iste’moli, ma’dan o‘g‘itlar sarfini tejalishi aniqlangan;
resurstejamkor agrotexnologiya orqali «Andijon-37» va «Sulton» g‘o‘za navlarini parvarishlashda noan’anaviy agrorudalardan samarali foydalanish natijasida ularni sug‘orish tartiblari, oziqa me’yorlari hamda g‘o‘zaning o‘sib-rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
ma’dan o‘g‘itlarga qo‘shimcha ravishda uch yilda bir marta noan’anaviy agrorudalarni shudgorlashdan oldin hamda har yili g‘o‘za navlariga shonalash davrida qo‘llash orqali tuproqning agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalariga ta’siri hamda resurstejamkor agrotexnologiyaning samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘za hosildorligini oshirishda ma’dan o‘g‘itlarga qo‘shimcha sifatida noan’anaviy agrorudalardan foydalanishning maqbul me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun «G‘o‘zalarni qo‘shimcha suv va o‘g‘it bilan ta’minlashda agroma’dan bentonitdan foydalanish bo‘yicha Fermerlarga tavsiyalar» tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 avgustdagi 02/020-227-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Andijon viloyatining fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
g‘o‘zaning «Andijon-37» va «Sulton» navlarini parvarishlashda ma’dan o‘g‘itlarni tejash agrotexnologiyasini Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Porloq vodiy alplari” va “Porloq vodiy javohiri” fermer xo‘jaliklarida 61,6 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 avgustdagi 02/028-227-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zani shonalash davrida 750 kg/ga hisobda agroma’dan bentonitni ma’dan o‘g‘itlarga (N150R105K75 kg/ga) aralashtirib foydalanish orqali, ma’dan o‘g‘itlarning sarfini 25 foizgacha kamaytirishga erishilgan;
g‘o‘za parvarishlashda resurstejamkor agrotexnologiyalar Andijon viloyati Marhamat tumani «Ashurjon chorva dalasi» va «Nayman paxtasi» fermer xo‘jaliklarida 45 gektar hamda Izboskan tumani «Andijon oltin dalasi» va «Qahramonjon orzulari» fermer xo‘jaliklarida 50 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 avgustdagi 02/028-227-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi shudgor ostiga agroma’dan bentonitni 6000 kg/ga me’yorda (3 yilda bir marta) qo‘llab, sug‘orishning 1-2-1 tizimida ChDNS ga nisbatan 70-70-60% tartibda o‘tkazilganda gektaridan 870-920 m3 suv tejalishi hamda pirovardida 38-40 sentner paxta hosil olinib, an’anaviy agrotexnologiyaga nisbatan 4,0-4,5 sentner qo‘shimcha hosil olish imkoni yaratilgan.