Bo‘riev Abdivaxob Abdirazzaqovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qisqa navbatli almashlab ekishda o‘tmishdosh ekinlarning tuproq unumdorligi va kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’siri», 06.01.01– Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2 PhD/Qx126.

Ilmiy rahbar: Oripov Razzoq, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Tellyaev Rixsivoy Shomaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Karabaev Ikrom Turaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyati tog‘oldi shimoli-sharqiy hududining tipik bo‘z tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish yo‘li bilan kuzgi bug‘doydan yuqori, sifatli hosil olishni ta’minlaydigan maqbul o‘tmishdosh ekinlarni tanlash hamda ularning tuproq xossalariga ta’sirini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Qashqadaryo viloyatining tog‘oldi shimoli-sharqiy sharoitini Yakkabog‘daryo massivida turli oilaga mansub o‘simliklar g‘o‘za, makkajo‘xori, xashaki no‘xat (Nigretum K-95 navi), mosh, bahorgi raps (Regina navi) takroriy ekinlar tanlab olingan va kuzgi bug‘doy uchun o‘tmishdosh sifatida tanlangan;

tanlangan o‘tmishdosh ekinlarning ildiz va ang‘iz qoldiqlari, ularning kimyoviy tarkibi tahlil etilgan hamda tuproq unumdorligiga ta’siri aniqlangan;

Qashqadaryo viloyati sharoitida raps o‘simligi turli o‘tmishdoshlarga nisbatan qiyosiy baholangan va ta’siri ijobiyligi aniqlangan;

o‘tmishdosh ekinlar g‘o‘za, makkajo‘xori, no‘xat, mosh, raps ta’sirida kuzgi bug‘doy ildiz tizimining shakllanishi hamda ildizlarning asosiy qismi tuproqning haydov qatlamida joylashishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy uchun qulay takroriy, o‘tmishdosh ekin turlarini tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan izlanish natijalari asosida:

g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «O‘tmishdosh ekinlardan so‘ng kuzgi bug‘doy etishtirish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 maydagi 02/021-63-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Qashqadaryo viloyatining g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

kuzgi bug‘doyni mosh, rapsdan keyin ekish agrotadbirlari Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Shahrisabz va Kitob tumanlari g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida jami 258 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 maydagi 02/021-63-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida o‘tmishdosh ekinlardan so‘ng kuzgi bug‘doy etishtirish agrotexnikasini qo‘llagan holda moshdan keyin kuzgi bug‘doy ekilganda o‘rtacha don hosildorligi gektariga 51,5-52,1 sentner, rentabellik darajasi 23,1-24,5 foizni tashkil etgan hamda 532-565 ming so‘m sof foyda olishga erishilgan;

o‘tmishdosh ekinlardan so‘ng kuzgi bug‘doy etishtirish agrotexnikasi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida Yakkabog‘ tumanida 6 gektar, Shaxrisabz tumanida 4 gektar, Kitob tumanida 2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 maydagi 02/021-63-son ma’lumotnomasi). Natijada rapsdan keyin kuzgi bug‘doy ekilganda gektaridan 53,6-55,0 sentner don hosili va 648-725 ming so‘m sof foyda olingan, rentabellik darajasi 28,1-31,5 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish