Nurmuxamedova Shoira Zaxidovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Antik davr O‘zbekiston arxitekturasining qonuniyatlari va uslubiy xususiyatlari”, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami:  B2018.3.DSc/A6.

Ilmiy maslahatchi: Askarov Shukur Djuraevich, me’morchilik fanlari doktori, professor

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.A.11.02.

Rasmiy opponentlar: Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Axmedov Muxammadjon Kasimovich, arxitektura doktori, professor; Shamsiddin Kamoliddin, tarix fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Milliy Rassomlik va dizayn instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: antik davr O‘zbekiston arxitekturasi bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqotlarni tizimlashtirish va umumlashtirish asosida Shimoliy Baqtriya, Xorazm, So‘g‘d, Shosh, Farg‘ona va Ustrushona hududlarining o‘ziga xos arxitekturaviy qonuniyatlari va ularning rivojlanish yo‘llarini aniqlashdan iborat.

IIITadqiqotning ilmiy yangiligi:

antik davr O‘zbekiston me’morchiligi qonuniyatlarining bosqichma-bosqich shakllanishiga hududning qulay iqlim sharoiti, irrigatsiya tizimi, tashqi savdo aloqalarning (ham ichki, ham tashqi) rivojlanishi  hamda mahalliy qurilish ashyolari asosiy omil bo‘lib xizmat qilganligi aniqlangan;

shaharlar va arxitekturaning rivojiga shaharsozlikning tartibli rejaga asoslanganligi, irrigatsiya tarmoqlarining takomillashuvi, iqtisodiy barqarorlik, xalqaro aloqalar va madaniy-etnik sharoitlar hamda aholi sonining ko‘payishi kabi omillar ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;

harbiy arxitekturaning rivojlanishi shaharlar o‘lchami va ularning funksiyasiga, hudud fortifikatsiyasining taraqqiyot darajasiga bevosita bog‘liqligi isbotlangan;

antik davr turar-uylar, saroylar, ibodatxonalar, sag‘analar arxitekturasi va rejaviy tuzilishi asosan “yo‘laklar va turli funksiyadagi xonalar bilan o‘ralgan hovli” va “yo‘laksimon xonalar bilan o‘ralgan zal” tartibidagi reja asosida shakllanganligi aniqlangan;

budda me’morchiligi yodgorliklarida qo‘llanilgan O‘rta Osiyo uchun noma’lum bo‘lgan ijodiy yondashuv va texnik mahoratni ifodalagan “ko‘p oshiyonli” hamda “ayvonsimon” rejaviy echimlarining mahalliy arxitektura rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi isbotlangan;

Tuproqqal’a shahridagi Yuqori saroy va Qal’aliqir manzilgohi inter`eri va umumiy ko‘rinishlari, Xorazmdagi Qo‘rg‘oshinqal’a shahri va qal’a devorining ilk ko‘rinishi, Shimoliy Baqtriyadagi Kampirtepa shahri qal’asi fragmenti, Setalak, Balanda 2, Qal’aliqir 2 masjidlari, Qoratepadagi budda saroylarining ilk ko‘rinishlarining loyihaviy takliflari yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Antik davr O‘zbekiston arxitekturasining qonuniyatlari va uslubiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

antik davr O‘zbekiston me’morchiligi qonuniyatlarining shakllanishi hududning qulay iqlim sharoiti, irrigatsiya tizimi, tashqi savdo aloqalarning rivojlanishi hamda mahalliy qurilish ashyolariga bog‘liq bo‘lganligi kabi ilmiy natijalar, shuningdek Kampirtepa shahri umumiy ko‘rinishining grafik rekonstruksiyasi taklifi “O‘zbekiston qadimgi davlatlari san’ati va me’morligi: mahalliy maktablar va badiiy uslublar o‘ziga xosligining shakllanishi” (2017–2020 yy.) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 24 oktyabrdagi 3/1255-2811-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi ellinistik davrda Shimoliy Baqtriya shaharlarining ko‘rinishlarini yaqqol tasavvur qilish va ularning rivojlanish qonuniyatlarini belgilash imkonini bergan;

Namangan viloyati tarixiy Axsikent shahrining VIII va XVIII hududlarida joylashgan arxitekturaviy ob’ektlarning rekonstruksiya variantlari hamda harbiy arxitekturaning rivojlanishi shaharlar o‘lchami va ularning funksiyasiga, hudud fortifikatsiyasining taraqqiyot darajasiga bevosita bog‘liqligi xususidagi xulosalardan “Sirdaryo havzasidagi qadimgi shaharlar va ularning Buyuk ipak yo‘lidagi o‘rni (arxeologik materiallar asosida)” (2017–2021 yy) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 24 oktyabrdagi 3/1255-2811-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi antik davrda Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharsozlik madaniyati va arxitekturasi haqida samarali xulosalar chiqarish imkonini bergan;

antik davr Sirdaryo shaharlari arxitekturasining o‘ziga xos qonuniyatlari va uslubiy xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Sirdaryo havzasidagi qadimgi shaharlar va ularning Buyuk ipak yo‘lidagi o‘rni (arxeologik materiallar asosida)” (2017–2021 yy) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 24 oktyabrdagi 3/1255-2811-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar qadimgi davr shaharlarining arxitekturasi va ularni o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda, jumladan, paxsa va xom g‘ishtlardan qurilgan turarjoy qoldiqlarini muzeylashtirishda muhim ahamiyat kasb etgan;

qadimiy Afrosiyob shaharchasining qo‘rg‘ondevorlari, turar-uylarning ilk ko‘rinishlarining arxeologik va arxiv materiallari asosida bajarilgan grafik taklif loyihalari, antik davr saroylar, ibodatxonalar, sag‘analar arxitekturasi va rejaviy tuzilishi asosan “yo‘laklar va turli funksiyadagi xonalar bilan o‘ralgan hovli” va “yo‘laksimon xonalar bilan o‘ralgan zal” tartibidagi reja asosida shakllanganligi kabi xulosalardan “Samarqand va Jizzax viloyatlararo mintaqaviy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish davlat inspeksiyasi” ishini tashkil etishda qo‘llanilgan (Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining 2018 yil 31 oktyabrdagi 01-01/885-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar Samarqand So‘g‘di qadimiy arxitekturasi manbalarini o‘rganish, shuningdek, Afrosiyob shahrining bosqichma-bosqich shakllanishi, qurilish madaniyati va turar-uylari arxitekturasining rivojlanishini o‘rganish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish