Li Afanasiyning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Beda urug‘larini qayta ishlash va tozalash texnika vositalarini takomillashtirishning ilmiy-texnikaviy asoslari», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/T266.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.01.

Rasmiy opponentlar: To‘xtaquziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Auezov Ongarbay Pirleshevich, texnika fanlari doktori, professor;  Turdialiev Vaxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: beda urug‘larini qayta ishlash va tozalashning texnik vositalari samaradorligini ular ish organlari konstruksiyasini takomillashtirish, texnologik va konstruktiv parametrlarini maqbullashtirish yo‘li bilan oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

beda dukkaklarini bir vaqtning o‘zida yanchish va urug‘larini dastlabki tozalashni amalga oshiradigan ishqalash mashinasi ishlab chiqilgan;

yanchish apparatida dukkaklarni uzatish, ishqalash va beda urug‘larini g‘alvirda tozalash jarayonlarini tavsiflovchi mexanik-matematik modellar asosida ishqalash mashinasi ishchi organlari parametrlari va ish rejimlari aniqlangan;

 beda urug‘larini dielektrik baraban yuzasiga bir qavat va uzluksiz ravishda uzatishni amalga oshiradigan dozatorli saralash uskunasi konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 

urug‘larning yanchish barabani va dielektrik baraban yuzasiga uzatish intensivligini hisobga olgan holda yanchish mashinasi va saralash uskunasi dozatori texnologik jarayoni tartiblarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;

yanchish mashinasi va saralash mashinasi dozatorlarining optimal parametrlari dukkaklarni ishqalab yanchish va urug‘larni tozalash jarayonini ifodalovchi regressiya tenglamalarini echish yo‘li bilan aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Beda urug‘larini qayta ishlash va tozalashning texnika vositalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

takomillashtirilgan beda dukkaklarini ishqalagich mashina Zangiota tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 dekabrdagi 02/026-344-son ma’lumotnomasi). Natijada, dukkaklarni beda urug‘larini tozalash bilan bir vaqtda qayta ishlashda urug‘larning nobudgarchiligi 2,7%ga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekspluatatsion xarajatlar 9,7%ga kamaygan;

beda urug‘larini tozalashga mo‘ljallangan saralash qurilmasi Oqqo‘rg‘on tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 dekabrdagi 02/026-344-son ma’lumotnomasi).   Natijada, saralash qurilmasi bilan beda urug‘larini tozalashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekspluatatsion xarajatlar 33,1%ga kamaygan va tozalashda yuqori samaradorlikka erishilgan; 

beda urug‘larini qayta ishlash va tozalash uchun ishlab chiqilgan texnika vositalari Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida tadbiq etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 dekabrdagi 02/026-344-son ma’lumotnomasi). Takomillashtirilgan texnika vositalarini qo‘llash natijasida urug‘larning umumiy nobudgarchiligi 6,4%ga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekspluatatsion xarajatlar esa 42,8%ga kamaygan;  

beda urug‘larini qayta ishlash va tozalash uchun ishlab chiqilgan texnika vositalarining loyiha-konstruktorlik hujjatlari qurilmalarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun  «BMKB-Agromash» AJda ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 dekabrdagi 02/026-344-son ma’lumotnomasi). Natijada yanchish mashinasi va saralash qurilmasining takomillashtirilgan konstruksiyalarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish