Saydullaev Usmonali Juraevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suspenziyaning suzilishi va sizishining gidrodinamik modellarini tuzish va sonli tahlil etish», 01.02.05–Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/FM125.
Ilmiy rahbar: Xo‘jayorov Baxtiyor Xo‘jayorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.28.02.2018.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Sovet Ishanqulovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Dalaboev Umurdin, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: non`yuton xossali suspenziyalarning cho‘kma konsolidatsiyasini hisobga olgan holda sizishining va suzilishining gidrodinamik modellarini takomillashtirish va sonli echish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keyk-qatlam hosil bo‘ladigan suspenziyalarning suzilishida konsolidatsiyaning chiziqsiz va eksponensial qonunlari asosida matematik modeli takomillashtirilgan;
keyk-qatlam hosil bo‘ladigan suspenziyalarning g‘ovak muhitlarda suzilishida modda ko‘chishini hisobga olgan holda matematik modeli takomillashtirilgan;
Darsining umumlashgan relaksatsiya qonuni uchun fil`tr sirtida cho‘kma hosil bo‘ladigan suspenziyalarning suzilish matematik modeli ishlab chiqilgan;
suspenziyalarning suzilishining relaksatsion ta’sirini hisobga olib fil`trat sarfi o‘zgarmaslik shartida differensial tenglamalar sistemasi keltirib chiqarilgan hamda relaksatsiya vaqtining turli qiymatlarida sonli echilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Keyk-qatlam hosil bo‘ladigan suspenziyalarning suzilish va sizish jarayonlarining takomillashtirilgan modellarini sonli tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalari asosida:
keyk-qatlam hosil bo‘ladigan suspenziyalarning suzilish modelining sonli echish algoritmi va dasturiy vositasi «O‘zneftgazqazibchiqarish»aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Muborakneftgaz» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Shimoliy O‘rtabo‘loq konidagi №3, Sharqiy Kemachi konidagi №118, Shurtepa konidagi №102 va Sariqum konidagi №22 quduqlarda kislota bilan ta’sir etish geologik-texnik tadbirlar rejasini optimallashtirish va qatlamga kislota bilan ishlov berishni aniq bashorat qilishni ta’minlaydigan hisob ishlariga joriy etilgan («O‘zneftgazqazibchiqarish» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 27 sentyabrdagi 04/17-434j-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi quduqlarda kunlik olinayotgan neft` va gaz miqdori hamda konlarni ishlatish samaradorligini oshirish jarayoniga qo‘llanilishi orqali hisoblash ishlari aniqligini 5%ga oshirish va quduqlarda kislota bilan ta’sir etish geologik-texnik tadbirlar rejasini tuzishga ketadigan vaqt 30%ga qisqartish imkonini bergan;
keyk-qatlam hosil bo‘ladigan suspenziyalarning g‘ovak muhitlarda suzilishida modda ko‘chishini hisobga olgan holda matematik modeli sonli echish usuli va dasturiy vositasi «O‘zneftgazqazibchiqarish»aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Muborakneftgaz» mas’uliyati cheklangan jamiyatining №3, №118, №102 va №22 quduqlarda xlor-kislotali ishlov berish geologik-texnik rejasini tuzish ishlariga joriy etilgan («O‘zneftgazqazibchiqarish» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 27 sentyabrdagi 04/17-434j-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi quduqlar debiti 3-4%ga oshirish imkonini bergan;
Darsining umumlashgan relaksatsiya qonuni uchun fil`tr sirtida cho‘kma hosil bo‘ladigan suspenziyalarning suzilish va sizish matematik modellari va hisoblash algoritmlari Irkutsk texnik tadqiqot Milliy universiteti «Mega-seti» xalqaro laboratoriyasi ilmiy texnika dasturi doirasida VR.20.2016-5 raqamli «Mejdissiplinarnie podxodi povisheniya produktivnosti neftegazovix skvajin» loyihada turli geologik va texnik sharoitlarda neft-gaz qazib olish va suv haydash quduqlarida qum va qum-suyuqlik tiqinlari hosil qiladigan birjinslimas g‘ovak muhitlarda birjinslimas suyuqliklarning murakkab dinamik suzilish jarayonlari modeli va tarmoq ontologiyalarini qurishda foydalanilgan (Rossiya, Irkutsk texnik tadqiqot Milliy universitetining 2018 yil 10 sentyabrdagi I-3667/18-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi mazkur grant ish rejasining bir qismi sifatida neft-gaz qazib olish va suv quduqlarida qum tiqinlarini olib tashlash uchun samarali texnologiyalarni yaratish imkonini bergan;
suspenziyaning suzilishi va sizishining gidrodinamik modellarini tuzish va sonli tahlil etish bo‘yicha olingan natijalar F2-15 raqamli «Og‘ir element atomlarining ionlanish chegarasi atrofidagi lazer-ionizatsion spektroskopiyasi» (2012-2015 yy.) fundamental loyihada davriy sistemadagi og‘ir element atomlar (Pt, Au, Hg, Tl, Pb) ning yuqori o‘yg‘ongan holatlaridagi kvant o‘tishlarning ehtimoliyatlarini hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustdagi 89-03-2800-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi kvant o‘tishlar va ularning samaradorligiga ta’sir qiluvchi spektroskorik parametrlarni hisobga oladigan masalalarni sonli echish imkonini bergan.