Matyakubov Baxtiyar Shamuratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘orma dehqonchilikda suv resurslaridan samarali foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari (Xorazm vohasi misolida)», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik. (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Qx104.
Ilmiy maslahatchi: Xamidov Muxammadxon Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Isashov Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Norqulov Usmonqul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent, Qurvantaev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasining o‘tloqi-allyuvial, mexanik tarkibi engil, o‘rta va og‘ir qumoq, sizot suvlari sathi yaqin joylashgan tuproqlari sharoitida g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil etishtirishning ilmiy asoslangan sug‘orish tartibi va uni amalga oshiruvchi tejamkor sug‘orish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘o‘za va kuzgi bug‘doy navbatlab ekilishi tizimida Xorazm vohasining o‘tloqi-allyuvial, sho‘rlanishga moyil, mexanik tarkibiga ko‘ra engil, o‘rta va og‘ir qumoq tuproqlari hamda sathi 1-2 metrda joylashgan, mineralizatsiyasi 1-3 g/l bo‘lgan sizot suvlari sharoitida g‘o‘zaning o‘rta tolali «Xorazm-127» navini maqbul sug‘orish tartibi, uni amalga oshiruvchi suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari ishlab chiqilgan;
g‘o‘zaning maqbul sug‘orish tartibi, uni amalga oshiruvchi suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarining daryo suvini tejash va suv tanqisligi salbiy oqibatlarini kamaytirishdagi samaradorligi aniqlangan;
g‘o‘zaning maqbul sug‘orish tartibi va tajriba dalasining umumiy suv iste’moli an’anaviy va xalqaro FAO uslubiyatlari hamda umumqabul qilingan empirik bog‘liqliklar bo‘yicha hisoblangan hamda ularning o‘zaro korrelyasiya koeffisentlari aniqlangan;
g‘o‘zaning ilmiy asoslangan sug‘orish tartibi va suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarining o‘rta tolali «Xorazm-127» g‘o‘za navining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va paxta tolasining texnologik sifat ko‘rsatgichlariga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘orma dexqonchilikda suv resurslaridan samarali foydalanish, g‘o‘zaning maqbul sug‘orish tartibi, uni amalga oshiruvchi suv tejamkor sug‘orish texnologiya-larini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari uchun «Xorazm viloyatining o‘tloqi-allyuvial tuproqlar sharoitida g‘o‘zaning maqbul sug‘orish tartibi» hamda «Xorazm viloyatining o‘tloqi-allyuvial tuproqlar sharoitida g‘o‘zani tejamkor sug‘orish texnologiyalari» bo‘yicha tavsiyanomalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi 03/25-3067-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma suv xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilotlarning injener-texnik xodimlari, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklarining mutaxassislari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Xorazm vohasining o‘tloqi-allyuvial, sho‘rlanishga moyil, mexanik tarkibiga ko‘ra engil, o‘rta va og‘ir qumoq tuproqlari sharoitida ishlab chiqilgan g‘o‘zaning o‘rta tolali «Xorazm-127» navini maqbul sug‘orish tartibi, uni amalga oshiruvchi: egatni qarama-qarshi tomonidan sug‘orish texnologiyasi 2016-2018 yillarda Xorazm viloyati Shovot tumanida 238 gektar, Gurlan tumanida 89 gektar va Urganch tumanida 259 gektar, Yangiariq tumanida 173 gektar, jami 759 gektar paxta maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi 03/25-3067-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida daryo suvlari 15–20 foizga tejalgan, suv tanqisligining salbiy oqibatlari kamaytirilgan va xar gektar maydondan 6,3–7,9 sentner qo‘shimcha paxta hosili olish imkonini bergan;
g‘o‘zaning o‘rta tolali Xorazm-127 navi uchun ishlab chiqilgan maqbul sug‘orish tartibi, uni amalga oshiruvchi egatni qarama-qarshi tomonidan sug‘orish texnologiyasi Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi “Bo‘z qa’la” suv iste’molchilari uyushmasida 388 gektar va “Oyoq Do‘rmon” suv iste’molchilari uyushmasida 117 gektar, jami 505 gektar paxta maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi 03/25-3067-sonli ma’lumoti). Natijada sug‘orish suvlari o‘rtacha 18 foizga tejalgan va xar gektar maydondan 5,6–7,9 sentner qo‘shimcha paxta hosilini olishga erishilgan;
g‘o‘zaning o‘rta tolali «Xorazm-127» navi uchun ishlab chiqilgan maqbul sug‘orish tartibi, uni amalga oshiruvchi egatni qarama-qarshi tomonidan sug‘orish texnologiyasi 2017-2018 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi «Biy bozor» suv iste’molchilari uyushmasida 76 gektar maydonga va «K.Jumaniyozov» suv iste’molchilari uyushmasida 120 gektar, jami 196 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi 03/25-3067 sonli ma’lumoti). Buning natijasida sug‘orish suvlari o‘rtacha 16 foizga tejalgan va gektariga 3,5–4,2 sentner qo‘shimcha paxta hosili olish imkoni yaratilgan.