Salomov Boxodir Salomovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sarimsoq seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba yaratish va urug‘chilik texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx22.

Ilmiy rahbar: Aramov Muzafar Hoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Rustamov Abdumalik Sattorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: seleksiya jarayoni uchun boshlang‘ich manba yaratish, istiqbolli klonlarni ajratish, ularni tanlov sinovidan o‘tkazish va Davlat nav sinash komissiyasiga topshirish, sifatli urug‘lik etishtirish uchun sarimsoqni maqbul ekish muddatlari va oziqlanish maydonini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor O‘zbekiston sharoitida introduksiya qilingan piyozdoshlar oilasiga mansub sabzavot ekini rokambol`ning (Allium scorodoprasum L.)qimmatli xo‘jalik belgilari aniqlangan;

sarimsoq (Allium sativum L.) nav namunalarining yuqori hosilli, piyozbosh va piyozchalari katta bo‘lgan istiqbolli namunalari boshlang‘ich manba sifatida ajratilgan;

turli ekish muddatlari va sxemalarida sarimsoq o‘simligi qimmatli xo‘jalik belgilarining namoyon bo‘lishi isbotlangan;

sarimsoqning elita urug‘chilik texnologiyasi elementlarining maqbul ekish muddatlari va sxemalari takomillashtirilgan;

sarimsoqning qimmatli xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan yangi «Chidamli» navi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sarimsoq seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba yaratish va urug‘chilik texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

sarimsoqning yangi «Chidamli» navi O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga 2015 yildan kiritilgan. (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2018 yil 30 maydagi 53/4-314-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur nav Surxondaryo viloyatining dehqon va fermer xo‘jaliklarida yiliga 65-70 gektar maydonga ekilib, undan yuqori va sifatli sarimsoq piyoz hosili olishga erishilgan.

sarimsoqning maqbul ekish sxemasi ya’ni (40+10+10+10) x 10 sm qator oralig‘ida ekish texnologiyasi Andijon viloyati Andijon tumanidagi «Ekoklin-And», «Oydinbuloq mevasi», «Davrbek Durbek», «Avazxon», «Bekzod» sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida jami 16,5 gektar, Sirdaryo viloyatida «Yuzchinor», «Durdona Charos», «Sharov Grand servis», «Sevara ulkan niyati», «Oysara O‘g‘iloy hamkor», «Kumush dala qudrati», «Rajabovlar avlodi», «Erga madad», «Sohil sehri», «Sohil mo‘jizasi», «Gulmurod Muhayyo hamkor», «Qurbonov Toirjon» sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida jami 103,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 22 noyabrdagi 03/029-207-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bir gektar maydondan olingan o‘rtacha hosildorlik 23-25 tonnani tashkil etgan;

sarimsoqning maqbul ekish muddatlari ya’ni sentyabrning birinchi o‘n kunligi va sxemalari (40+10+10) x 10, (40+15+15) x 10 sm qator oralig‘idaekish texnologiyasiSurxondaryo viloyati Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Denov va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida jami 78 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 22 noyabrdagi 03/029-207-son ma’lumotnomasi). Natijada har birgektar maydondan olingan o‘rtacha hosildorlik oshishiga erishilgan va  rentabellik darajasi 25-35 foizga teng bo‘lishiga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish