Xoldorov Bahodir Baratovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kungaboqar (Heliantus annuus.l) savati va uzum siqmasidan pektin olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T187.

Ilmiy rahbar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaraxmetova Dilbar Toxtamuratovna, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kungaboqar savati va uzum siqmasidan pektin olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kungaboqar savati va uzum siqmasidan pektin olishda protopektinni gidroliz-ekstraksiyalash, eritmani tozalash, pektinni cho‘ktirish va suvsizlantirish jarayonlari parametrlari aniqlangan;

uzum siqmasidan pektin ajratib olishda protopektinni gidroliz-ekstraksiyalash, ekstrakt tarkibidagi fenol, uglevod va boshqa moddalarni ajratish va pektin kukuni olish jarayonlari ishlab chiqilgan;

kungaboqar savati va uzum siqmasidan olingan pektinning fizik-kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;

kungaboqar savati va uzum siqmasidan pektin olish texnologiyasi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kungaboqar savati va uzum siqmasidan pektin olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kungaboqar savatidan shovul-xlorid kislota aralashmasi asosida pektin olishning takomillashtirilgan texnologiyasi «Bo‘ston olami» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekoziqovqatxolding» XK AJning 2019 yil 20 martdagi AK/05-2-419-son ma’lumotnomasi). Natijada qandolatchilik talablariga javob beruvchi pektin olish imkonini bergan;

uzum siqmasidan pektin ishlab chiqarish liniyasida fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari yuqori pektin olish texnologiyasi «SAYOHAT AGRO MAHSULOT» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» XK kompaniyasi AJning 2019 yil 20 martdagi AK/05-2-419-son ma’lumotnomasi). Natijada sifatli pektin olishni 30% oshirish imkonini bergan;

fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari ustun bo‘lgan pektin olish texnologiyasi «MEGA ZAAMIN» MChJga qarashli qandolat ishlab chiqarish sexida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» XK AJning 2019 yil 20 martdagi AK/05-2-419-son ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi xomashyo ishlab chiqarish imkonini bergan;

kungaboqar savatidan olingan pektin «MEGA ZAAMIN» MChJga qarashli qandolat ishlab chiqarish sexida «Ozoda» va «Gulshan» marmeladi, «Shifo» qiyomi, «Sangzor» kiseli ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» XK AJning 2019 yil 20 martdagi AK/05-2-419-son ma’lumotnomasi). Natijada kungaboqar savatidan pektin ishlab chiqarish korxona iqtisodiyotini 45% oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish