Shermuxamedova Feruza Kabildjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindromida o‘tkir serebrovaskulyar buzilish», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib350.
Ilmiy raxbar: Muratov Faxmiddin Xayriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, 27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Toxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: ilmiy amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindromida rivojlangan o‘tkir serebrovaskulyar buzilishda klinik-nevrologik va molekulyar-genetik omillarning ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metabolik sindromli IIda rivojlangan bemorlarda qondagi lipid spektri ko‘rsatgichlari (ZYuLP vaZPLP), antropometrik ko‘rsatkichlar (TVI, BA) bilan mutanosib tarzda o‘zgarishi va bu kursatkichlarning me’yordan og‘ish darajasi bemorlarning og‘irlik darajasini belgilab berishi isbotlangan;
ilk bor metabolik sindromida va metabolik sindromisiz II rivojlangan bemorlarda VEGFA geninig rs2010963 va TGFβ-1 geninig rs1800471 genotipi polimorfizmining G/G genotipi allellarining uchrash chastotasi aniqlangan;
VEGFA geni (rs2010963) polimorf variantlarining assotsiatsiyasi bosh miyada ishemik insul`tning rivojlanishidagi axamiyati (AUC=0,60), S/S variantli gomozigot genotip II rivojlanish xavfini oshirishi, G/G genotip IIga nisbatan protektiv marker ekanligi isbotlangan;
geterozigot genotipli rs2010963 VEGFA geni polimorfizmi assotsiatsiyasi braxiotsefal arteriyalarni og‘ir va kritik darajadagi stenozi va “yovvoyi” genotip G/G ni polimorfizmi rs1800471 geni TGFβ-1 ximoyaviy axamiyati yuqoriligi aniqlangan;
metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda II noxush oqibatlarining MS komponentlari bilan o‘zaro ta’siri va yaqqolligi hamda davomiyligiga bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metabolik sindromida II o‘tqazgan bemorlarni davolash chora – tadbirlari buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Neyrometabolicheskaya terapiya ishemicheskix insul`tov pri metabolcheskom sindrome» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 20 dekabrdagi 8n-d/283-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma MSida II bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini yaxshilash va xayot sifatinini oshirish imkonini bergan;
MSida II bilan xastalangan bemorlarni konservativ usul bilan davolash samaradorligini oshirish maqsadida olingan ilmiy natijalar Andijon tibbiet instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikalarida sog‘liqni saqlash amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 yanvardagi 8n-z/4-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi metabolik sindromida ishemik insul`t bilan xastalangan bemorlarni reanimatsion bo‘limlarda davolash muddatlarini qisqartirish va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish imkonini yaratgan.