Egamberdiev Azizbek Abdumalikovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda modernizatsiya sharoitida yoshlarda innovatsion ong shakllanishining ijtimoiy-falsafiy muammolari», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fa166.

Ilmiy rahbar: Yuldasheva Farida Xujamkulovna, falsafa fanlar nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05

Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Mahbuba Nurullaevna, falsafa fanlari doktori, professor; To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlar doktori, professor

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: modernizatsiya jarayonida yoshlarda innovatsion ong shakllanishining ijtimoiy, ma’naviy va praksiologik jihatlarini ijtimoiy-falsafiy tahlil qilishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

innovatsion ongning shakllanishi inson kapitalini namoyon bo‘lish shakli sifatida shaxsning ehtiyoj, maqsad va  harakat kabi praksiologik xususiyatlari bilan bog‘liqligi ochib berilgan;

modernizatsiya kontekstida yoshlardagi tolerantlik, shaxsiy motivatsiya va intellektual tashabbuskorlikni rivojlantirish innovatsion jamiyatni vujudga kelishidagi determinantligi ochib berilgan;

innovatsion ong kreativ guruhlar va overstrata (intellektual elita), korporativ guruhlar shakllanishi bilan uzviy ravishda hamda mavjud bilimlarning generatsiyasi natijasida taraqqiy etishi ilmiy-nazariy asoslangan;

yoshlar innovatsion ongining kasbiy faoliyat turlarining transformatsiyasiga adaptatsiya qilishdagi ahamiyati va bu jarayonga ijtimoiy sherikchilikni tatbiq etish yo‘llari (kasbiy ta’lim xizmatlarini diversifikatsiya qilish, uyushmagan yoshlarni kasbga yo‘naltirishda nodavlat sektorining o‘rni) asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Modernizatsiya jarayonida yoshlarda innovatsion ongni shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-falsafiy asoslangan xulosa va tavsiyalar asosida:

innovatsion ongning shakllanishi inson kapitalini namoyon bo‘lish shakli sifatida shaxsning ehtiyoj, maqsad va  harakat kabi praksiologik xususiyatlar bilan bog‘liqligi ochib berilishi O‘zbekiston Resprublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvlarni rejalashtirishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasining 2019 yil 7 martdagi 06/2-05-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish yoshlarning dolzarb muammolarini ilmiy asosda hal qilinishiga yordam bergan;

modernizatsiya kontekstida yoshlardagi tolerantlik, shaxsiy motivatsiya va intellektual tashabbuskorlikni rivojlantirish innovatsion jamiyatni vujudga kelishidagi determinantligi ochib berilgan to‘g‘risidagi xulosalardan «Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv-ishlab chiqarish tizimida milliy bazani hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish» mavzusidagi A-1-41-raqamli amaliy tadqiqot doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 apreldagi 89-03-1469-son ma’lumotnomasi); Ushbu xulosalar shaxs rivojlanishining yangi xususiyatlari - ochiqlik, iinovatsion motivatsiya, intellektual tashabbuskorlik va tafakkurning sinergetik usulning mazmun-mohiyatini yoritishga xizmat qilgan;

innovatsion ong kreativ guruhlar va overstrata (intellektual elita), korporativ guruhlar shakllanishi bilan uzviy ravishda hamda mavjud bilimlarning generatsiyasi natijasida taraqqiy etishi  yuzasidan bildirilgan ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Respublika yosh olimlar Kengashi tomonidan 2018 yilda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan Yo‘l xaritasi 1,5-bandlarini amalga oshirish mexanizmlarining ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Yosh olimlar Kengashining 2018 yil 10 apreldagi 04-14/3-son ma’lumotnomasi); Bu iqtidorli yoshlarni, kreativ-ijodiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlashni mexanizmining takomillashtirilishiga xizmat qilgan hamda yoshlarda novatorlik faoliyati natijadorligini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;

yoshlar innovatsion ongining kasbiy faoliyat turlarining transformatsiyasiga adaptatsiya qilishdagi ahamiyati va bu jarayonga ijtimoiy sherikchilikni tatbiq etish yo‘llari (kasbiy ta’lim xizmatlarini diversifikatsiya qilish, uyushmagan yoshlarni kasbga yo‘naltirishda nodavlat sektorining o‘rni) bo‘yicha taklif va tavsiyalar Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan 2018 yilning 13 fevral` kuni o‘tkazilgan «O‘zbekiston faol tadbirkorlari» anjumanining dasturini ishlab chiqishda, shu yilning 28 mart kuni o‘tkazilgan «Obod qishloq» loyihasi doirasida uyushmagan yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan faol tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarni targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlarda foydalanilgan (O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2018 yil 25 apreldagi 01-27/424-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar yoshlar bandligini ta’minlashda davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ijtimoiy sherikchilik munosabatlarini mustahkamlashga ijobiy hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish