Yuldasheva Dilnoza Bekmurodovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilida ornitonimlarning lisoniy tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil.515.

Ilmiy rahbar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.02.03.

Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich filologiya fanlari doktor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqot maqsadi: O‘zbek tilidagi ornitonimlarning manbalari, leksik-semantik va funksional-uslubiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek tilidagi ornitonimlarning shakllanish manbalari, ularning  yasalish usullari  hamda ornitonim-leksema va ornitonim-so‘z o‘rtasidagi umumiylik va farqlar asoslangan;

ornitonim-leksemalarning mazmuniy guruhlari o‘rganilib, ularning komponent tahlili amalga oshirilgan hamda mushtarak va farqli jihatlar ochib berilgan;

ornitonim-leksemalarning lug‘aviy tarkibi, tuzilish jihatdan turlari  o‘rganilib, ular orasidagi jins-tur, butun-bo‘lak, paradigmatik, sintagmatik va pog‘onali (ierarxik) munosabatlar ochib berilgan;

ornitonimlarning «Lison ut-tayr», «Boburnoma», «Zarbulmasal» kabi asarlarda, xususan, Alisher Navoiy asarlarida she’riy san’atlar hosil qilishdagi roli, sarlavha vazifasini bajarishdagi uslubiy xususiyatlari, ularning maqol va frazeologizmlar tarkibidagi qo‘llanishining o‘ziga  xos tomonlari isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ornitonimlarning lisoniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan:

ornitonimlarning derivatsion xususiyatlarini, ularning yasalish usullari va qoliplarini, oddiy so‘z yasalishi bilan ornitonim yasalishiga xos farqli jihatlarni yoritishga oid xulosalar OT F8 – 062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» nomli fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2018 yil 20 iyuldagi 89-03-2698-son ma’lumotnomasi). Natijada ornitonimlar derivatsiyasi bilan bog‘liq ornitonimlarning yasash  usullari, yasalish qoliplari, konversiya, ornitonimlarning struktural tasnifi kabi terminlarga doir izoh va tahlillar mukammallashgan;

tadqiqotda amalga oshirilgan ornitonimlarning leksikografik tahlili  FA-F8-034 sonli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish tamoyillari» nomli  fundamental ilmiy loyihada babaq (xo‘rozning bir xil yirik turi), bezgaldak (tuvaloqlar turkumiga mansub cho‘l qushi), buvulduruq (aynan bulduruq), bo‘dana (aynan bedana), dudak (tuvaloqlar turkumiga mansub qush), jiktoq (baliqchilar turkumiga mansub qush), oqchorloq (baliq va hasharotlar bilan tirikchilik qiladigan, suv bilan bog‘liq qush), po‘ngqarg‘a (qora qarg‘a, go‘ngqarg‘a), suvburgut (qarchig‘aylar oilasiga mansub, daryo, dengiz, ko‘l qirg‘oqlarida yashovchi yirtqich qush), chil  (qirg‘ovulsimonlar oilasiga mansub o‘troq ov qushi), qoratomoq (aynan jiblajibon) kabi leksemalarning izohlari foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 iyuldagi 89-03-2698-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish ornitologik terminlarning kategorial va nokategorial belgilarini aniqlashga olib kelgan;

tadqiqot natijalari sifatida «O‘zbek tilida ornitonimlar izohli lug‘ati»  (ISBN 978-9943-38-1-964) tuzilgan bo‘lib, unda 1000 dan ortiq ornitonimlarning izohi berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish