Sulaymonov Fozil O‘ralovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agregatlangan g‘ovak muhitlarda modda ko‘chishining gidrodinamik masalalari», 01.02.05–Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/FM126.
Ilmiy rahbar: Xo‘jayorov Baxtiyor Xo‘jayorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.30.08.2018.FM/T.02.09.
Rasmiy opponentlar: Malikov Zafar Mamatqulovich, texnika fanlari doktori; Djabborov Mamasoli Sodikovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy innovatsion markaz.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aniq geometriyaga ega bo‘lgan agregatlangan g‘ovak muhitlarda suyuqlik sizishi va modda ko‘chishi jarayonlari matematik modellarini adsorbsiya xodisasini, sizish tezligi maydonining birjinslimas taqsimlanishini hisobga olib takomillashtirish hamda sonli echish algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
diffuzion va kinetik yondoshuvlar asosida birjinslimas silindrik g‘ovak muxitda modda ko‘chishi masalasi echilgan. Ikkala yondoshuv natijalarini bir-biriga yaqin qeltiruvchi massa ko‘chish koeffisientining qiymati aniqlangan. Muhitlardagi modda ko‘chishi jarayoniga adsorbsiya (chiziqli, chiziqlimas, muvozanat, nomuvozanat) hodisasining ta’siri tahlil qilingan;
sizish tezligi maydonining birjinslimas taqsimlanishini hisobga olib ikki sohali silindrik g‘ovak muhitda suyuqlik harakati va modda ko‘chishi adsorbsiya hisobga olingan va olinmagan hollar uchun matematik model takomillashtirilgan;
birjinslimas muhitlarda modda ko‘chishi va suyuqliklar harakati dinamikasining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
teskari koeffisientli masalasini echish yo‘li bilan diffuzion va kinetik yondashuv natijalari bir-biriga yaqin keluvchi kinetika tenglamasidagi massa ko‘chish koeffisientining qiymati topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Birjinslimas g‘ovakmuhitlarda modda ko‘chishi jarayonlarining takomillashtirilgan modellarini sonli tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalari asosida:
muhitda massa almashinuvini hisobga olib birjinslimas g‘ovak muhitda modda ko‘chish modelining sonli echish algoritmi va dasturiy vositasi “Sirdaryo-Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tassarrufidagi Jizzax suv omborlari boshqarmasiga qarashli suv omborini suv bilan to‘ldirish, zaxirada saqlash jarayonida loyqa bosishi hajmini aniqlashda, ombor tubida cho‘kma hosil bo‘lishi va qumlash jarayonida asosiy parametrlari o‘zgarish oralig‘ini aniqlash ishlari olib borishda, suv bilan birga oqib kirgan cho‘kindi va ifloslanish darajasini baholash maqsadida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 dekabrdagi № 03/20-2997-son ma’lumotnomasi). Natijada birjinslimas g‘ovak muhitda modda ko‘chishi bilan massa almashinuvini hisobga olib havzaning to‘ldirilishi, zaxira suvlarining saqlanishi va ishlatilishida infil`tratsiya jarayonlarining gidrodinamik parametrlarini baholash va hisoblash aniqligini 7-10% ga oshirish imkonini bergan;
birjinslimas muhitdan tashkil topgan ob’ektda massa almashinuvini hisobga olib, birjinslimas g‘ovak muhitda modda ko‘chishi modelining sonli echish usuli va dasturiy vositasi “Sirdaryo-Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tassarrufidagi Jizzax suv omborlari boshqarmasiga qarashli suv omboriga cho‘kmaning to‘g‘on va ombor tubini kol`matatsiyalashi hodisasini baholashga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 dekabrdagi № 03/20-2997 sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv omborida cho‘kmaning to‘g‘on va ombor tubini kol`matatsiyalashi hodisasini baholashda muhandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnat sarfini 10-15% ga qisqartirish imkonini bergan;
suv omborining quyilish qismida o‘zandagi loyqa cho‘kindilarining o‘zan uzunligi bo‘yicha taqsimlanishini va massa almashinuvini hisobga olib, birjinslimas g‘ovak muhitda modda ko‘chish modelining sonli echish usuli va dasturiy vositasi Sirdaryo-Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tassarrufidagi Jizzax suv omborlari boshqarmasiga qarashli suv ombori quyilish qismida o‘zandagi loyqa cho‘kindilarning o‘zan uzunligi bo‘yicha taqsimlanishini hisoblashga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 dekabrdagi № 03/20-2997 sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv ombori quyilish qismida o‘zandagi loyqa cho‘kindilarning o‘zan uzunligi bo‘yicha taqsimlanishini hisoblashlarini o‘tkazishga ketadigan vaqtni 5-7% ga qisqartirish imkonini bergan;
“Adsorbsiyani hisobga olib birjinslimas silindrik g‘ovak muhitda modda ko‘chishini hisoblash” algoritmi va dasturiy ta’minoti 92-2015-03 (A mobile irrigation system for greenhourse) xorijiy ilmiy tadqiqot granti doirasida sizish jarayonida o‘g‘itning tarqalishini tadqiq qilish va modellashtirishga joriy etilgan (Malayziya, Nilay universiteti, 2018 yil 13 noyabrdagi ma’lumotnoma). Natijada algoritm va dasturiy ta’minotning qo‘llanilishi o‘g‘it konsentratsiyasining chiziqli va nochiziqli ko‘chishida muvozanat va nomuvozanat adsorbsiyani hisobga olib, differensial tenglamani sonli echish, konsentratsiyaning tarqalishini aniqlash imkonini bergan.