Tojiev Panji Jovlievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida yuqori darajada to‘ldirilgan poliolefinlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1041.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Beknazarov Xasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyi hamda yuqori zichlikka ega chiziqli polietilen, modifikatorlar, dispers va tolali to‘ldiruvchilar asosida yuqori darajada to‘ldirilgan kompozision materiallar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyi va yuqori zichlikli chiziqli polietilen suyuqlanmasida maleinlangan polietilen va har xil turdagi modifikatsiyalangan to‘ldiruvchilarni aralashtirishning qatlamli silikat eksfoliatsiyasi amalga oshishi imkonini beruvchi optimal sharoitlari aniqlangan;
modifikatorlar bilan ishlov berilgan mineral to‘ldiruvchilar polietilenga qo‘shilganda uning fizik-mexanik xossalarining yaxshilanishi isbotlangan;
modifikatsiyalangan turli mineral to‘ldiruvchilarni polietilen suyuqlanmasida aralashtirish usuli bilan nanokompozit materiallar olish texnologik usullari ishlab chiqilgan;
ilk bor bazal`t, vermikulit va vollastonit to‘ldiruvchilarini tutgan yuqori darajadagi termik barqarorlik, mexanik mustahkamlik hamda o‘tga chidamlilik xususiyatlariga ega nanokompozitlar tarkibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida yuqori darajada to‘ldirilgan poliolefinlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bazal`t va vermikulit bilan yuqori darajada to‘ldirilgan polimer kompozitlari olish jaryonida sintez qilingan modifikator tetraetilammoniystearatdan OT-F7-34 raqamli «Kompleks hosil qiluvchi polifunksional ionitlar sintezi va ular yordamida ba’zi d-metallarni ajratishning nazariy asoslari» mavzusidagi loyihada ekstragent sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 fevraldagi 89-03-662-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida samarali ionitlar olish imkonini bergan;
polietilen asosida bazal`t va vermikulit bilan yuqori darajada to‘ldirilgan polimer kompozitlar olish texnologiyasi “Jizzax plastmassa” AJning “2020-2021 yillarda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2019 yil 5 apreldagi 03-1881/K-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan polimer kompozision materiallardan bosimli suv quvurlari ishlab chiqarishda foydalanish imkonini beradi;
maishiy polimer chiqindilari asosida yuqori darajada to‘ldirilgan poliolefinlar olish texnologiyasi “BioTexnoEko” MChJ maishiy chiqindilarni qayta ishlash korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 26 martdagi 03-04/1-1482-son ma’lumotnomasi). Natijada ikkilamchi polietilen mahsulotlaridan olingan polimer kompaundlarni birlamchi polietilen mahsulotlari o‘rnida qo‘llash imkonini bergan.