Xalilov Akmal Abdujalilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘arbiy O‘zbekistonning qumtoshli va qoraslanesli yashirin uran konlarini bashoratlash va izlash mezonlari», 04.00.02–Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/GM28.
Ilmiy maslahatchi: Isaxodjaev Baxtiyar Abdukarimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Mineral resurslar instituti» DK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti DK, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Mirxodjaev Baxtiyar Ismailovich geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Karabaev Mamatxon Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Koneev Rustam Ismailovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «OʻzGEORANGMETLITI» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: G‘arbiy O‘zbekistondagiqora slanesli va qumtosh turlardagi uran konlarini bashoratlash va izlash mezonlari asosida yashirin ma’danlashgan istiqbolli maydonlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yirik uran konlarining g‘iloflarda hosil bo‘lishida qatlamlardagi oksidlanish va tiklanish jarayoni bilan birga pastdan chiqib keluvchi suvli eritmalarning ahamiyati asoslangan;
ekzogen qatlamli-infil`tratsion uran koni ma’danining maxsuliy tarkibi va minerallashuvning yotqizilish ketma-ketligi, to‘yinish manbaidagi tog‘ jinslarning tarkiblari va eroziya ketma-ketliklari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor matematik modellashtirish orqali izchil geologiya qidiruv ishlari olib borilgan hududlarda uranning qumtoshli turidagi yangi istiqbolli maydonlarni bashoratlash usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor qora uglerodli-kremniyli slaneslarda kompleks uran-kamyobmetal-siyrak er elementlari ma’danlashuvlarning shakllanishini geologik-genetik modellashtirish asosida yashirin ma’danlashuvlarni aniqlash uslubiyati ishlab chiqilgan;
G‘arbiy O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan qora salnesli va qumtosh turlardagi uran konlari xosil bo‘lishini bir genezisga (gidrogen) mansub ekanligi isbotlangan;
yangi yashirin uran ma’danlashgan istiqbolli maydonlar aniqlangan;
«to‘yilish manbai (ma’danli manba) → quyilish hududi (kon)» tizimlarni bir turga keltirish asosida, yashirin uran konlarini bashoratlash imkoniyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘arbiy O‘zbekistonning qumtoshli va qora slanesli yashirin uran konlarini bashoratlash va izlash mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jinslar va ma’danlarda mineral-geokimyoviy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha usul «Urankamyobmetgeologiya» DUK qumtosh turidagi ob’ektlarda izlash-qidirib chamalash ishlari amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 8 yanvardagi 02/2-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Qizilqum o‘lkasidagi uran konlarida karbonatlashgan jinslarda va siyrak er metallari ma’danlashuvining ichki zonalarini aniqlash imkonini bergan;
metallarning manbalari xududi tog‘ jinslari va ma’danlarning mahsuliy tarkiblariga bog‘liq qumtosh turidagi ma’danlarning maxsuliy tarkiblarini o‘zgarishi bo‘yicha bog‘liqliklar «Urankamyobmetgeologiya» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 8 yanvardagi 02/2-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada yagona bo‘lgan «to‘yilish manbai → quyilish hududi» gidrodinamik tizimi mavjud bo‘lganda istiqbolli xududlarni belgilashga imkon bergan;
konlarni shakllanishining geologik sharoitlarini matematik modellashtirish asosida yashirin ma’danlashuvlarni bashoratlash bo‘yicha uslubiyat «Urankamyobmetgeologiya» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 8 yanvardagi 02/2-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi to‘rtta istiqbolli maydonlarni bashoratlash va ajratish imkonini bergan;
uglerodli mikrokvarsitlarda kompleks elementlar bo‘yicha uran-kamyob metall – siyrak er elementlari ma’danlashuvlarini aniqlash uslubiyati «Urankamyobmetgeologiya» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 8 yanvardagi 02/2-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada uranning va TR, V, Se, Mo, Sc, Re, Au va b. konsentratsiyasini o‘sishi o‘rnatilgan bo‘lib Ustuk va Sharqiy Oltintov istiqbolli maydonlarida geologiya qidiruv ishlarini yo‘naltirishga imkon bergan;
ma’danlashuvni shakllanish sharoitlari va tarqalishini ifodalovchi ishlab chiqilgan model` va ikkilamchi bo‘lgan boy uran-slyudali ma’danli yashirin konlarini izlash bo‘yicha mezonlari «Urankamyobmetgeologiya» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 8 yanvardagi 02/2-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada Bukontog‘ va Shimoliy Nurota tog‘larida uranning birlamchi oksidli (nasturan) ma’danlashuvini qora slanesli konlar ostida aniqlash imkonini bergan.