Marziyaev Janabay Kalibaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik yillari qoraqalpoq matbuotida ekologik muammolar talqini», 10.00.09–Jurnalistika (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil629.

Ilmiy maslahatchi: Xudoyqulov Muxtar, filologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.30.08.2018.Fil.14.01.

Rasmiy opponentlar: Baxadirova Sarigul, filologiya fanlari doktori, professor; Matyaqubov Alisher Jumanazarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot:  O‘zbekiston davlat jahon tillariuniversiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  qoraqalpoq matbuotida ekologiya mavzuidagi chiqishlarning rivojlanish tendensiyalari hamda o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ekologik muammolar ta’sirida bo‘lgan hudud matbuotida ekomadaniyat, ekologik ta’lim mavzularining yoritib borilishida ekotarbiya masalalarining ijtimoiy ahamiyati dalillangan;

qoraqalpoq matbuotining tipologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ekologiya mavzusining yoritilishi darajasida ijobiy o‘sish tendensiyalari mavjud ekanligi ochib berilgan;

mavzuni yoritib berishda qoraqalpoq jurnalistlarining masalaga nashrning maqsadli yo‘nalishidan kelib chiqib yondashgani va mavzu yo‘nalishlarining xilma-xillashgani, ekologiya mavzusida materiallar tayyorlashda janriy imkoniyatlarning keng foydalanilgani va oxirgi yillarda mavzuni ochib berishda vizuallashtiruv usuli paydo bo‘lgani aniqlangan;

qoraqalpoq matbuotida 90-yillarda ekolog mutaxassislar tomonidan tayyorlangan materiallar bilan 2000 yillarda kupaygan jurnalistik chiqishlar o‘rtasidagi muammoni jamiyatga tushunarli va ta’sirli etkazib berishdagi farqlari ko‘rsatib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 

Qoraqalpoq matbuotida ekologiya mavzusi talqini, yoritilish xususiyatlari, muammoni ochib berishda jurnalistikaning roli va mahorat masalalari tahlili bo‘yicha olingan natijalar asosida:

ekologiya mavzusini yoritishda jurnalistik yondashuv va publisistik uslub imkoniyatlarning ahamiyati yuzasidan olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining 5.1-bandidagi «atrof tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon etkazadigan ekologik muammolarning oldini olish» vazifasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2018 yil 26 noyabrdagi 54-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnalistlarning ekologik mavzusini yoritishdagi o‘ziga xos xususiyatlarni yanada kengroq o‘zlashtirishga va kasbiy mahorati oshishiga yordam bergan;

jamiyatda ekologik muammoning oldini olishda matbuotning tutgan o‘rni alohida ekanligi, shuningdek, ekologiya mavzularini tasniflash orqali o‘rganish hamda ochib berish va mazkur yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashgan nashrlar faoliyatiga katta e’tibor qaratish zarur ekanligi yuzasidan dalillangan xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi faoliyatida qo‘llanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligining 2018 yil 26 noyabrdagi BK-01-274-son ma’lumotnomasi). Natijada ixtisoslashgan ekologik nashrlarning sohadagi muammolarni ochib berishiga hamda ekologiya mavzularni yoritishda mavzular tasnifiga e’tibor qaratish lozimligiga xizmat qilgan;

ekologik muammolarning oldini olishda jamiyatda ekologik madaniyatning muhim ahamiyati xususida Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokom-paniyasining amaliy ishlarida foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2018 yil 13 noyabrdagi 01-02/520-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi eshittirishlarida jamiyatda ekologik muammolarning oldini olishda ekologik madaniyatga katta e’tibor qaratilishiga ilmiy asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish