G‘aipova Hulkar Qo‘zibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Matnazar Abdulhakimning badiiy va publisistik mahorati», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil258.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Hamdam Jumaniyozovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Haqqulov Ibrohim filologiya fanlari doktori; Jabborov Nurboy filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Matnazar Abdulhakimning she’riy va publisistik asarlari tahlili orqali uning istiqlol arafasi va mustaqillik davri o‘zbek adabiyotidagi o‘rnini belgilash asosida muayyan ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shoir she’rlarining mavzu ko‘lami, janriy rang-barangligi, obrazlar olami tadqiq etilib, tasvir va ifodadagi individualligining yorqin va betakrorligi masalalari ochib berilgan;
shoir publisistik tafakkurining istiqlol davri ijtimoiy-siyosiy jarayonlari, xalq ongi va ruhiyatidagi yangilanishlar, mustaqillik g‘oyasi bilan yo‘g‘rilganligi isbotlangan;
shoirning mustaqillik davri o‘zbek she’riyatini falsafiy mazmun, hikmatona ohang bilan boyitishdagi o‘rni asoslangan;
badiiy-publisistik maqolalarida mavzu va ifoda tarzining xilma-xilligi, ular mohiyatini inson ma’naviyati konsepsiyasi belgilashi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Matnazar Abdulhakimning badiiy va publisistik mahorati masalasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, olingan ilmiy natijalar asosida:
M.Abdulhakim publisistikasi namunalari, xususan, esselarida janrning asosiy xususiyatlari – ularning ilmiy tafakkurning alohida shakli ekanligi bo‘rtib turishi, aqliy va hissiy fikr sintezi hamda kompozisiyaga erkin yondashuvi turli esselarda ifoda topgani, tarixiy sanalar, san’at va madaniyatga daxldor esselarda ularning maqola, ocherk, memuarlar bilan ba’zi mushtarak jihatlari hamda poetik asarlar va badiiy nasrga xos unsurlarning uchrashiga oid xususiyatlar yuzasidan olingan natijalardan F1-02 raqamli “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” ilmiy tadqiqotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 dekabrdagi 89-03-4294-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash tufayli maqola, esse (adabiy o‘ylar) kabi janrlarda shoir iste’dodining darajasi, o‘ziga xos ifoda uslubi, grajdanlik pozisiyasi, asosan, ma’naviy va insoniy kamolot yo‘lidagi intilishlari, shaxs konsepsiyasi muammolariga oid qarashlari muallif “men”i talqinida yoritilgan, xususan, adabiy suhbat janri muallifning badiiy-estetik qarashlarini chuqurlashtirishga, adabiy o‘ylarning ba’zi jihatlarini kengaytirish, takomillashtirish, yangicha izohlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
shoir she’riyati va publisistikasining yetakchi tamoyillarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqot natijalaridan F1-FA-0-43429-raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining 2019 yil 18 fevraldagi 17-01-22-son ma’lumotnomasi). Bu “Hozirgi qoraqalpoq she’riyatining janriy xususiyatlari” qismini yozishda shoir ijodida poetik ma’no va tuyg‘u mutanosibligi, mumtoz va zamonaviy she’riyat janrlari, uning obraz yaratish mahorati, so‘z qo‘llash uslubi borasidagi talqinlar ilmiy manba vazifasini o‘tagan hamda mavjud qarashlar qamrovini kengaytirishga xizmat qilgan;
ilmiy natijalar Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining adabiy-badiiy ko‘rsatuvlarida joriy qilinib, “Yangi kun” ruknidagi ko‘rsatuvda ishtirok etilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2018 yil 15 oktyabrdagi 1687-son ma’lumotnomasi). Natijada M.Abdulhakim ijodiy merosining umumiy mundarijasini kuzatish asosida muallifning ko‘pqirrali ijodkor ekanligi, ijodkor izlanishlaridagi omillar va bosqichlarning asosiy xususiyatlarini ochib berish orqali, shoirning mustaqillik davri o‘zbek she’riyatini falsafiy mazmun, hikmatona ohang bilan boyitish va badiiyatini takomillashtirishdagi o‘rni aniqlangan.