Nazarova Nodira Sharipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tamaki etishtiruvchilarning stomatologik statusi va ularda davolash-profilaktika tadbirlarini takomillashtirish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib286.
Ilmiy raxbar: Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Amxadova Malkan Abdurashidovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Uzoq Sharq davlat medisina universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tamaki etishtiruvchilarni og‘iz bo‘shlig‘i stomatologik statusi asosida stomatologik reabilitatsion oshirish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tamaki etishtiruvchilarda tamakining salbiy zaharli ta’sirining oqibatida stomatologik kasalliklar intensivligi va tarqalish darajasining oshishi dinamikasi isbotlangan;
biriktiruvchi to‘qimaning plazmatik hujayralarida RNKning pasayishi, qon tomirlari devorida glikogen miqdorining keskin kamayishi, neytrofillarning fagotsitar faolligi susayishi, so‘lakdagi SIgAning pasayishi kabi buzilishlar, tamaki etishtiruvchilarda stomatologik patologiya rivojlanishining patogenetik mexanizmlari isbotlangan;
tamaki etishtirish jarayonidagi tamaki changi ta’siri sababli tish qattiq to‘qimalari rezistentligining pasayishi, emaldagi remineralizatsiya jarayonining buzilishi, ta’m sezgisi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining allergenlarga nisbatan sensibilizatsiyasining oshishiga olib kelishi isbotlangan;
tamaki etishtiruvchi aholi orasidagi stomatologik patologiyaning patogenezi asosida kompleks davolash tizimi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tamakichilik bilan shug‘ullanuvchilarda stomatologik status xususiyatlari va davolash profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tamakchilik bilan shug‘ullanuvchi ishchilarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari klinikasi va davolash-profilaktika xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 21 yanvardagi 8n-d/9-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tamakichilik bilan shug‘ullanuvchi ishchilar orasida og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining kelib chiqishi, omillari, tashxislash, samarali davolash va oldini olish xususiyatlarini tahlil qilish imkonini bergan;
«Tamaki etishtiruvchi ishchilarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va parodont kasalliklarining kechishi va ularni davolash profilaktik chora-tadbirlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 21 yanvardagi 8n-d/9-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tamaki etishtiruvchi aholi orasida parodont kasalligini samarali davolash tizimini yaratish imkonini bergan;
tamakichilik bilan shug‘ullanuvchilarda stomatologik status xususiyatlari va davolash profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti terapevtik stomatologiya poliklinikasi, Samarqand viloyati va Urgut tumani stomatologik poliklinikalari, Samarqand va Urgut tumani Davlat-sanitariya epidemiologiya nazorati markazi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 fevraldagi 8n-z/17-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi tamakichilik bilan shug‘ullanuvchilarda stomatologik status xususiyatlarini yaxshilash bemorlarda parodontitni tashxislash, davolash va oldini olish hamda asoratlarni kamaytirish va davolash profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini yaratgan.