Baymakov Sayfiddin Risbaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir ichak tutilishida ichak etishmovchiligi sindromi va uni korreksiya qilish», 14.00.40–Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Tib206.

Ilmiy maslahatchi: Karimov Shavkat Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.28.02.2018.Tib.63.01.

Rasmiy opponentlar: Zatevaxin Igor` Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, RF FA akademigi; Teshaev Oktyabr` Ruxullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Tokay markaziy gospitali (Yaponiya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi o‘smasiz o‘tkir ichak tutilishi bilan xastalangan bemorlarni tashxislash va davolash natijalarini ichak etishmovchiligi sindromini aniqlash usulini ishlab chiqish va korreksiyalash tizimini takomillashtirish yo‘li bilan yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘tkir ichak tutilishining kechishini tizimlashtirishda mahalliy immunitetning pasayishi va bakteriyalarning intraperitonial translokatsiyasi hisobiga qorin bo‘shlig‘ining mikrobli kontaminatsiyasi, ingichka ichak bo‘shlig‘ini shartli patogen mikroblar bilan kolonizatsiyasi va disbiozni rivojlanishi ichak etishmovchiligi sindromining og‘irlik darajasiga bog‘liqligi asoslangan;

o‘tkir ichak tutilishi tashxislangan bemorlar holatining og‘irligini belgilovchi va kasallik oqibatini bashoratlovchi asosiy omillar sifatida organizmning immunologik va nomaxsus reaktivligi, endogen intoksikatsiyaning namoyon bo‘lishi o‘tkir ichak tutilishi shakli, darajasi va ichak etishmovchiligi sindromining og‘irligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi asoslangan;

ul`tratovush tekshirish natijalari, endogen intoksikatsiya ko‘rsatkichlari va klinik ma’lumotlar asosida o‘tkir ichak tutilishida ichak etishmovchiligi sindromi belgilarini namoyon bo‘lishini baholash usuli ishlab chiqilgan;

o‘tkir ichak tutilishini o‘z vaqtida haqqoniy tashxislash va davolash taktikasini oqilona tashkil qilishga imkon beradigan, ichak etishmovchiligi sindromi belgilarini aniqlashning integral usuliga asoslangan o‘tkir ichak tutilishida tashxislash va davolash taktikasi bo‘yicha qaror qabul qilish tizimi ishlab chiqilgan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘tkir ichak tutilishida ichak etishmovchiligi sindromi va uni korreksiya qilishni takomillashtirishni baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

«O‘tkir ichak tutilishida enteral etishmovchilik belgilarini namoyon bo‘lishini aniqlash usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 20170456, 16.10.2017 y.). Ushbu usul o‘tkir ichak tutilishida enteral etishmovchilik belgilarini namoyon bo‘lishini aniqlashga imkon bergan;

«O‘tkir ichak tutilishini davolashda enteral detoksikatsiya» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 martdagi 8n-r/46 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mahalliy dori vositasi «Zerotoks neo»ni enteral detoksikatsiyani qo‘llash o‘tkir ichak tutilishi bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash, o‘tkir ichak tutilishini erta tashxislash va davolash taktikasini baholash imkonini bergan;

«O‘tkir ichak tutilishi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 martdagi 8n-r/46-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘tkir ichak tutilishining etiologiyasi, patogenezi, tashxislash va davolash taktikasini olib borish imkonini bergan;

o‘tkir ichak tutilishi bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Urganch filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2- va 3- klinikalari, Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasi shoshilinch xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 17 dekabrdagi 8n-d/276-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘tkir ichak tutilishi bilan xastalangan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga, shuningdek, jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarni 10% (uchdan bir marta)ga, o‘lim holatlarini 5% (to‘rtdan bir marta)ga pasayishi va bemorlarni kasalxonada bo‘lish davomiyligini 3,1 kunga qisqarishi imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish