Rayimjonova Odinaxon Sodiqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nazorat va boshqarish sistemalari uchun gaz oqimlarining parametrlarini gibrid o‘zgartirgichlarini takomillashtirish», 05.03.01- Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (tarmoq bo‘yicha)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T315.
Ilmiy rahbar: Shipulin Yuriy Gennad`evich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; O‘ljaev Erkin, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nazorat va boshqarish sistemalarining gaz oqimlari parametrlarini optoelektron va issiqlik elementlari asosidagi gibrid o‘zgartirgichlarni takomillashtirish usullari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz oqimlari parametrlarini nazorat qilish va boshqarish sistemalari uchun optoelektron va issiqlik elementlari asosida gibrid o‘zgartirgichlar ishlab chiqilgan;
gaz oqimlari parametrlarini gibrid o‘zgartirgichlarini matematik modeli ishlab chiqilgan;
gaz oqimlari parametrlarini gibrid o‘zgartirgichlarining optoelektron va issiqlik elementlarini statik va dinamik xarakteristikalarini hisoblash usullari ishlab chiqilgan;
gaz oqimlarini parametrlarini gibrid o‘zgartirgichlarini loyihalashtirishda strukturali va parametrik sintez qilish algoritmlari ishlab chiqilgan;
termoanemometrik tipdagi ko‘p parametrli issiqlik o‘zgartirgichlarini ishlab chiqarish texnologiyasining usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nazorat va boshqarish sistemalari uchun gaz oqimlari parametrlarining gibrid o‘zgartirgichlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
atrof-muhitdagi gorizontal shamol tezligini o‘lchovchi va yo‘nalishini aniqlovchi qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04754, 20.08.2013 y.). Natijada gaz quvurlaridagi gaz tezligini o‘lchash va yo‘nalishini aniqlash aniqligini 10% ga oshirish imkonini bergan;
gaz oqimlarining parametrlarini ko‘p parametrli o‘zgartirgichlar komplekti “Naqlgazmaxsusqurilish” AJ ning “Oltin vodiy” filialida joriy qilingan («O‘ztransgaz» AJ ning 2018 yil 10 dekabrdagi TU-1083-son ma’lumotnomasi). Natijada qimmatbaho import qilinuvchi qurilmalarni sotib olish, material manbalari, elektroenergiyani tejash va magistral gaz quvurlaridagi texnologik parametrlarni boshqarishning yangi optimal rejimlari sifatini ta’minlash imkonini bergan;
gaz yoki suyuqlik oqimlarining parametrlarini issiqlik o‘zgartirgichlari qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05303, 03.10.2016 y.). Natijada gaz yoki suyuqlik oqimlarining parametrlari haroratini nazorat qilish aniqligini 10 % ga oshirish imkonini bergan;
termoanemometrik tipdagi ko‘p parametrli issiqlik o‘zgartirgichlarini tayyorlash texnologiyasining usullari “Foton” AJ da joriy qilingan (“O‘zeltexsanoat” AK ning 2018 yil 1 noyabrdagi 02-2417-son ma’lumotnomasi). Natijada ekspluatatsiya sharoitida issiqlik o‘zgartirgich qurilmalarini ishonchliligini oshiruvchi yangi optimal sifatli texnologik rejimlarni olishga imkon bergan.