Bolibekova Mavjuda Mardievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kesim va gapning o‘zbek va ingliz tillaridagi lingvistik talqini», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.2.PhD/Fil150.

Ilmiy rahbar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat universiteti, DSc.26.04.2018.Fil.01.10.

Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaxmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kesim hamda gapning o‘zbek va ingliz tillaridagi formal, substansial tilshunoslik nuqtai nazaridan talqinini yoritish hamda ularni chog‘ishtirish orqali izomorf, allomorf jihatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek va ingliz tillarida gapning tarkibi, bog‘lanishi kabi sintaktik xususiyatlari, kesimning qo‘llanishi, kesim kengaytiruvchilari formal va substansial tilshunoslik nuqtai nazaridan chog‘ishtirilgan;

o‘zbek va ingliz tillarida kesimning mavqei, tarkibi, sodda va qo‘shma gaplarda qo‘llanilishiga ko‘ra struktur, sintaktik, substansial jihatlari ochib berilgan;

o‘zbek tilidagi mavjud omonimik nomustaqil kesim shakllarining ingliz tilida ayrim so‘z shakllar, bog‘lovchilar kabi muqobillari qo‘llanilishi aniqlangan hamda misollar yordamida dalillangan;

o‘zbek va ingliz tillarida gapda so‘z tartibi, shaxs-son ma’nosini ifodalashiga ko‘ra eganing qo‘llanishi kabi allomorf hamda kesim va gap turlari, kesimning ifodalanishi, kesimlik kategoriyalari kabi izomorf jihatlari misollar tahlili natijalariga ko‘ra dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ingliz va o‘zbek tillarida kesim va gap, ularning substansial xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Mustaqillikdan keyin yaratilgan o‘zbek substansial tilshunosligi muammolarini tadqiq etish jarayonida kesim va gap, xususan, o‘zbek tilida kesimning mavqei, sodda va qo‘shma gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularda kesimning qo‘llanishi kabi masalalar echimiga oid natijalardan «OT-F8-057 raqamli «O‘zbek tilini sistemaviy tadqiq etishning metodologik asoslari, metod va prinsiplarini shakllantirish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (2007–2011) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 89-03-1576-son ma’lumotnomasi) Ushbu dissertatsiyadan olingan ilmiy natijalar til birliklarining sistemaviy tadqiq qilish metod va metodologiyasini ochib berishda, ishlab chiqilgan metodlar va metodologiya asosida hozirgi o‘zbek tili sathlarining sistemaviy tavsifini yaratishda xizmat qilgan;

ingliz tilida kesim va gap munosabati, kesimning qo‘llanishi, kesim kengaytiruvchilarining qiyosiy tahlili hamda ingliz tilida sodda va qo‘shma gap turlariga oid ilmiy xulosalari bilan bog‘liq natijalaridan «Ingliz tili qisqacha grammatikasi»nomli o‘quv qo‘llanmasida o‘z aksini topgan ((ISB-№ 978-9943-305-03-8), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 84-03-1569-son ma’lumotnomasi). Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisllari uchun ingliz tilining gramatik mohiyatini yoritishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan;

Ingliz va o‘zbek tillarida kesim, gap turlari va ularning qiyosiy o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalardan 2017–2018 yillarda «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Ingliz tili saboqlari» eshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUKning 2018 yil 4 maydagi O’z\\R-s.80-son ma’lumotnomasi). Turli tizimli tillarning substansial xususiyatlaridan kelib chiqqan holda gap strukturasi, uning lisoniy va nutqiy tarkibini tadqiq qilish gap qurilishiga markaz tushunchasidan kelib chiqqan holda o‘rganish masalalariga oid amaliy tavsiyalardan, tillararo tarjima ishlarini amalga oshirishdagi kesimning mavqeiga oid nazariy xulosalardan radiodasturlarda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish