Ibragimov Jasurbek Xabibjanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda bitishmali ichak tutilishi diagnostikasi, davolash va profilaktikasini optimallashtirish», 14.00.40–Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tib414.

Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.28.02.2018.Tib.63.01.

Rasmiy opponentlar: Maxachev Bashir Magomedovich tibbiyot fanlari doktori; Aripova Nazira Uktamovna tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot; Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Astraxan` davlat tibbiyot universiteti Federal davlat oliy ta’lim tashkiloti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: operativ davolashga taktik va texnik yondashuvlarni optimallashtirish evaziga bolalardagi o‘tkir bitishmali ichak tutilishini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini va profilaktik usullarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bolalar shoshilinch jarrohlik patologiyalarining umumiy tuzilmasida operatsiyadan keyingi bitishmali ichak tutilishining rivojlanish xavfi va bitishmali kasallikning rivojlanish chastotasini inobatga olgan holda ichak tutilishining tarqalishi aniqlangan;

uch oygacha bo‘lgan kuzatuv muddatida g‘ovak biriktiruvchi to‘qima xosil bo‘lishiga zamin yaratuvchi, yumaloq xujayra elementlari, ekssudat shakllanishiga sabab bo‘luvchi makrofaglarni yuza bo‘ylab migratsiyasiga moyillik yaratuvchi qorin pardaning mezotelial qavati butunligining buzilishi bitishma xosil bo‘lishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;

BIT kechki bosqichlarida, qon tomir to‘rlarining jadal shakllanishi bilan bir qatorda bitishma qavatlarida bitishmalarning “qarish” belgilarini namoyon qiluvchi o‘ziga xos indikatori bo‘lib xisoblangan va bitishmaga qarshi choralar o‘tkazilganda ularning bartaraf bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi silliq mushak xujayralarining paydo bo‘lishi aniqlangan;

bolalarda BIT paydo bo‘lishi muddatlari va xususiyatlariga bog‘liq holda davolashning turli shakllariga ko‘rsatmalarni belgilash imkonini beruvchi optimal taktik algoritm ishlab chiqilgan;

davolashning konservativ va jarrohlik taktikasi samaradorligi aniqlash bilan turli kuzatuv davrlarida bolalardagi operatsiyadan keyingi BIT rivojlanish xavfi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bitishmali ichak tutilishi aniqlangan bolalarni xirurgik davolash taktikasii takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

«Bolalarda bitishmali ichak tutilishida profilaktik va davolash chora-tadbirlari» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 maydagi 8n-r/125-son ma’lumotnomasi).Taklif qilingan komplek davolash-profilaktika chora-tadbirlari konservativ davolash natijalari ulushini 38,8%dan 56,1%gacha ko‘tarish, operatsiyalar miqdorini esa ochiq usulda bajariladigan operatsiyalarni laparoskopik texnologiyalar bilan bajarilishi evaziga 17,3%gacha tushirish imkonini bergan;

xirurgik davolash taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali va Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar jarroxligi bo‘limlari amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 maydagi 8 n-r/125-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar konservativ davolash samaradorligini 70,3%dan 92,2%gacha oshirish, asosiiz muddatli jarroxlik amaliyotlarini 29,7%dan 7,8%gacha tushirish, shuningdek o‘z muddatida bajarilgan operatsiyalarni 89,2% xollarda bajarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish