Ergasheva Gulchehra Turobovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Chang cholg‘usining genezisi va rivojlanish jarayonlari (changsimon cholg‘ular misolida)”, 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/San41.

Ilmiy rahbar: Abdullaev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.29.11.2017.San.54.01.

Rasmiy opponentlar: Tulaxodjaeva Muxabbat Turabovna, san’atshunoslik fanlari doktori; Nosirova Yulduz Mirxamidovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: San’atshunoslik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: milliy chang cholg‘usining genezisini yoritish, changsimon cholg‘ularning musiqa amaliyotida tutgan o‘rni, funksional ahamiyati, shakli va ijro an’analarini yaxlit holda tadqiq qilishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo musiqa madaniyatida keng ommalashgan chang va changsimon cholg‘ularning yuzaga kelishi va ular o‘ziga xos sintez asosida rivojlanganligi isbotlangan;

milliy chang cholg‘usining takomillashib borishi natijasida yangi ijro uslublar yaratilganligi va ijro dasturi boyitilganligi, bu cholg‘uni musiqa madaniyatida tutgan o‘rni va ahamiyati aniqlangan;

chang ijrochiligi rivojiga hissa qo‘shgan uchta etuk sozandalarning ijro an’analari va ijro maktablari aniq dalillar bilan asoslangan;

zamonaviy chang cholg‘usining tovush tarovatini mayinlashtirish va soz ushlash davomiyligini yaxshilash borasida sozgar ustalar uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Chang cholg‘usining genezisi va rivojlanish jarayonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

mohir ijrochilarning cholg‘uni sadolantirish uslublari va ijro etish talqinlari haqida olingan natijalar «Xalq cholg‘ularida ijrochilik (Chang)» nomli o‘quv qo‘llanmasining 1-bo‘limi («Chang ijrochiligi nazariyasi va tarixi») 3-mavzusida («Chang ijrochilik maktablarining shakllanishi») foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 89‑02‑1663-son ma’lumotnomasi). Natijada ustoz san’atkorlarning o‘ziga xos ijro uslublari yosh sozandalar uchun amaliy ko‘nikma bo‘lib xizmat qilgan;

chang cholg‘usining tovush tarovatini yaxshilash borasida ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi «Milliy cholg‘u» Ilmiy‑ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasida yasalgan chang cholg‘usida (inv. №537. Usta T.Mirzaev) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi  01-11-10-8953-son ma’lumotnomasi). Natijada changning soz ushlash davomiyligi oshgan, yuqori registr pardalarining ovozi mayinlashgan;

chang cholg‘usining takomillashib borishi natijasida yangi ijro uslublar yaratilganligi va ijro dasturi boyitilganligi bo‘yicha olingan natijalaridan  «Toshkent» teleradiokanalining «Toshkent vaqti» ko‘rsatuvi «Musiqa va ilm» sahifasi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 20 avgustdagi 01-17-588 son ma’lumotnomasi). Pirovardida teletomoshabinlarning o‘zbek chang cholg‘usining kelib chiqishi va taraqqiyoti haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;

chang cholg‘usining takomillashtirilishiga va yangi ijro uslublarni yaratilishiga mohir chang ijrochisi A.Odilovning qo‘shgan hissasi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» radiokanalining eshittirishida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 5 iyundagi O\'z/K-1-108-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar zamon talabiga moslashgan yangi ko‘rinishdagi changning keng ijro imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lib, uning birinchi targ‘ibotchisi A.Odilovning ijrosidan bahramand bo‘lganlar.

Yangiliklarga obuna bo‘lish