Inomov Odiljon Ulug‘xo‘ja o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qovunchi madaniyati va uning o‘zbek xalqining shakllanishidagi roli”, 07.00.01– O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.1.PhD/Tar14     

Ilmiy rahbar: Asqarov Ahmadali Asqarovich tarix fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat pedagogika universiteti

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018.Tar.56.01.

Rasmiy opponentlar: Ataxodjaev Azimxo‘ja Muzaffarovich tarix fanlari doktori, Eshov Bahodir Jo‘raevich tarix fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qovunchi madaniyati va uning o‘zbek xalqi kelib chiqishi tarixidagi roli, ushbu madaniyatning ilk bor tarkib topgan etnohududiy, etnomadaniy va etnoxo‘jalik asoslari hamda o‘zbek xalqiga xos antropologik tipning shakllanish jarayonlarini yoritib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

Sirdaryoning o‘rta havzasida antik davrida o‘zbek etnosini shakllantiruvchi omillar – hududiy birlik, iqtisodiy-xo‘jalik birligi, etnomadaniy birlik, antropologik tip birligi va etnosiyosiy birliklar shakllanganligi va ular o‘zbek xalqi etnik birligining tarkib topishidagi dastlabki omillar ekanligi aniqlangan;

Toshkent vohasi misolida antik va ilk o‘rta asrlarda o‘zbek xalqi etnogenetik jarayonlari yuz bera boshlaganligi va bu jarayonlarda Qovunchi madaniyatining o‘rni ochib berilgan;

Toshkent vohasi o‘zbek xalqining dastlabki etnik asosi tarkib topgan makonlardan biri ekanligi arxeologik, antropologik, lingvistik hamda qadimgi manbalarda keltirilgan ma’lumotlarning qiyosiy tahlili asosida aniqlangan;

o‘rganilayotgan davr arxeologik madaniyati asosida dehqon va chorvador jamoalari o‘rtasida o‘zaro ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar birlamchi manbalar asosida ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qovunchi madaniyati va uning o‘zbek xalqining shakllanishidagi roli bo‘yicha  chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

Qovunchi madaniyatining tarkib topishi, bu madaniyat hududining kengayib borishi va uning qo‘shni madaniyatlarga ta’siri hamda faqat shu madaniyatgagina tegishli bo‘lgan tutqichi chorva hayvoni yoki qo‘chqor boshli sopol idishlar bilan bog‘liq arxeologik topilmalardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining «O‘zbekiston antik va ilk o‘rta asrlar davrida» nomli ekspozisiyalarini qayta shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2018 yil 27 sentyabrdagi 3/1255-2572-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning joriy etilishi muzeyga tashrif buyuruvchilarda ajdodlarimizning antik va ilk o‘rta asrlar davri moddiy madaniyatini keng targ‘ib etishga yordam bergan;

Sirdaryo o‘rta havzasining dehqon va chorvador jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aloqalariga oid ilmiy xulosalardan FA-F1-0-19793 «O‘zbekistonning qadimgi dehqonchilik madaniyatlari va ko‘chmanchi chorvadorlar dunyosi: mil.avv. III ming yillik va milodning I ming yillik boshlarida o‘zaro aloqalari va ta’sirlar muammosi» (2012-2016 yy.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2018 yil 27 sentyabrdagi 3/1255-2572-son ma’lumotnomasi). Tatbiq etilgan natijalar Qovunchi madaniyati aholisining urf-odatlari, dafn marosimlari, yashash turmush tarzi hamda o‘sha davr moddiy va ma’naviy madaniyati, iqtisodiy xo‘jaligi rivojini yoritishga, shuningdek, mazkur davrda o‘zbek etnosining xalq sifatida shakllanishida kechgan etnogenetik jarayonlarni ilmiy asosda o‘rganish va uni keng jamoatchilikka etkazishda manbaviy asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish