Radjapov Erkin Ganievichning

falsafa doktori (PhDdissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Turkiston mintaqasida covet hokimiyatining harbiy kadrlar tayyorlash siyosati (1917–1924 yy.)», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.1.PhD/Tar29.

Ilmiy rahbar: Xasanov Baxtiyor Vaxobovich, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tarix instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018.Tar.56.01.

Rasmiy opponentlar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor; Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Turkiston mintaqasida 1917–1924 yillardagi sovet hokimiyatining harbiy kadrlar tayyorlash siyosati va uning oqibatlarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Turkistonda sovet hokimiyatining dastlabki yillarida mintaqaning ma’rifatparvar ziyolilari tarafidan turli siyosiy tashkilotlar qatori, harbiy tashkilot (harbiy sho‘ro) va mahalliy aholi vakillaridan kuchli musulmon qo‘shini tuzishga bo‘lgan sa’y-harakatlarning kuchayganligi, shu maqsadda turli tashviqot kampaniyalari (“Musulmon askari kuni” nomli maxsus bayram) olib borilganligi aniqlangan;

Turkiston Muxtoriyati rahbariyati tomonidan zamonaviy milliy armiya tashkil etishning sabablari hamda zaruriyati, bu masalada hukumat a’zolarining xorijiy harbiy mutaxassislar (polyak, turk ofiserlari) bilan hamkorlik aloqalari ochib berilgan;

Turkiston mintaqasida sovet hokimiyatining harbiy kadrlar  tayyorlashdan ko‘zlangan maqsadi (Turkistonda boshlangan qurolli qarshilik harakatini bartaraf etish, Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bilan birga Turkistondagi qarshilik harakatining tayanchi bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik) va uning oqibatlari (qurolli qarshilik harakati mahalliy harbiy kadrlar yordamida tugatildi), erli xalq vakillaridan etishib chiqqan dastlabki harbiy mutaxassislar (M.Mirsharopov, Yu.Narimonov, S.Xudoyorxonov, R.Yoqubov) faoliyati ko‘rsatib berilgan;

Turkistonda harbiy mutaxassislar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi sabablari hamda takomillashtirilishi, mintaqada tashkil qilingan harbiy ta’lim maskanlari (Turkiston sovet komandirlik kursi, Turkiston Davlat universiteti qoshidagi harbiy fakul`tet, umumiy harbiy ta’lim kurslari) faoliyatining tarixi ochib berilgan;

Xorazm va Buxoro Xalq Sovet respublikalari milliy qo‘shini keyinroq tashkil qilingan O‘zbekiston SSR qurolli kuchlarini shakllantirishda kadrlar bazasi bo‘lib xizmat qilganligi zaruriyati ilmiy dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Turkiston mintaqasida covet hokimiyatining harbiy kadrlar tayyorlash siyosati bo‘yicha olinga natijalar asosida:

Turkiston mintaqasida sovet hokimiyatining 1917–1924 yillarda harbiy soha va harbiy kadrlar tayyorlash borasida olib borgan siyosati, sovet hokimiyatining mahalliy millat vakillarining harbiy ishga jalb etilishi masalasiga doir ma’lumotlardan Tarix institutida bajarilgan “O‘zbekiston tarixi (1917–1991 y.)” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2018 yil 23 iyuldagi 1/1-116-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi sovet hokimiyatining mahalliy millat vakillarining harbiy xizmatga safarbar etish sabab va oqibatlari, mahalliy millat vakillaridan etishib chiqqan harbiy kadrlar hamda ularning harbiy faoliyati tarixini xolisona baholashga xizmat qilgan;

19-o‘zbek tog‘-otliq diviziyasi tarixi, faoliyati hamda ularning qatag‘on etilishi masalasiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2016-2018 yillarda bajarilgan F1-FA-0-17354 FA-F1-G037 raqamli “1937-1938 yillarda O‘zbekistondagi “Katta qirg‘in” (ensiklopediya, I qism)” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2018 yil 7 noyabrdagi 222-son ma’lumotnomasi). Ilmiy izlanish natijalarining qo‘llanilishi Turkistonda XX asr birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy, harbiy jarayonlarda faol qatnashgan, jamiyatning ilg‘or ziyolilar bo‘lgan harbiy kadrlarning milliy armiyani shakllantirish, davlatchilikni rivojlantirish yo‘lida olib borgan ishlari va faoliyatlarini ilmiy asosda yoritishga xizmat qilgan;

Turkistonda mahalliy millat vakillaridan harbiy kadrlar korpusining shakllantirilishi, ularning sovet hokimiyati tarafidan turli harbiy harakatlarga safarbar etilishi masalasiga doir ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyining “O‘zbekistonda milliy qizil armiyaning shakllanishi (1917–1940 yy.)” mavzuidagi yangi ekspozisiyasini va mul`timedia ma’lumotini tayyorlanishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2019 yil 6 martdagi 16394-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi mahalliy millat vakillaridan etishib chiqqan harbiy qo‘mondonlar, mahalliy millat vakillaridan harbiy kadrlar korpusini shakllantirish maqsadida tashkil qilingan harbiy ta’lim muassasalari tarixini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish