Rahimova Maftuna Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “So‘zning belgilik muammolari”, 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil638.
Ilmiy rahbar: Odilov Yorqin Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Berdaliev Abduvali, filologiya fanlari doktori, professor; Rahimov Usmonjon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: so‘zning ifodalovchi va ifodalanmish tomonlarida belgilikning voqelanish xususiyatlarini aniqlash va shu asosda so‘zning belgili tabiati haqidagi mavjud konsepsiyalarga yangiliklar kiritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
belgi va uning turlari haqidagi qarashlar taraqqiyotini aniqlash orqali so‘zning belgilik maqomi ochib berilgan;
fonetik hodisalarning akustik belgi strukturasidagi vazifasi va leksik-akustik belgilarning semiotik belgiga munosabati aniqlangan;
leksik ifodalanmishlarning arxisema, integral sema va sememalar asosida bog‘lanishi, belgi vazifasini bajarishi, belgilarning bevosita, bilvosita, kuchli, kuchsiz turlari ochib berilgan;
fonemalarning integral va differensial belgilari, birikish imkoniyatlari, fonologik oppozisiyalar tashkil etishi asosida semiotik maqomdagi leksik nomemalar yasashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
So‘zning belgili tabiatini ochib berish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ay, ar-ar, ah, va, vo, eg, ez, ek, il, ol kabi ikki tovushli so‘zlar va gumbur, g‘uj-g‘uj, alang-jalang, yalt-yult, oh, hormang, gapdon, so‘zamol, notiq kabi nomema-belgilarning ifodalanmish (belgilanmish) ga munosabatlarini izohlashga oid xulosalardan FA-F8-034 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish tamoyillari» fundamental loyiha doirasidagi ko‘p jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ni tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2019 yil 21 yanvardagi 3/1255-133-son ma’lumotnomasi). Natijada bir qator lug‘aviy birliklarning leksikografik izohlari mukammallashgan;
Ikki enantiosemik ma’noning bir nomema yordamida xotirada saqlanishi va ular ham bir-biriga nisbatan belgi bo‘lib xizmat qilishi, yomon 1 – “yoqimsiz”, yomon 2 – “juda yoqimli”, qoniqarli – qoniqarsiz – yaxshi – a’lo graduonimik qatoridagi so‘zlarning bir-birlari haqida xabar berishi mumkinligi, hozirgi o‘zbek tilidagi e, eh, o, oh kabi undov so‘zlarda unlilarning qisqaruvchan-cho‘ziluvchan bo‘lishi, muayyan his-tuyg‘uning ijobiy va salbiy jihatlarini o‘zining turli miqdoriy o‘zgarishlarida ko‘rsata olishi, turli situatsiyalarga xoslanib, har xil hislarni ifodalay olishi haqidagi xulosalardan «So‘z ma’no taraqqiyotida ziddiyat. O‘zbek tili enantiosemik so‘zlarining izohli lug‘ati» innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2019 yil 21 yanvardagi 3/1255-133-son ma’lumotnomasi). Natijada enantiosemik birliklarning semantik xususiyatlariga aniqlik kiritilgan, enantiosemik birliklar ma’nosining izohi ilmiy asoslangan;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanalida uzatilgan “Til ziynati” ko‘rsatuvining til taraqqiyoti va uning ijtimoiy ahamiyatiga bag‘ishlangan sonida tadqiqotchi tomonidan tavsiya etilgan so‘zlarning shakli va ma’nosini tavsiflash, nutqiy faoliyatdagi tejamkorlikni izohlashga oid fikrlaridan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 19 noyabrdagi 02-16/537-son ma’lumotnomasi). Natijada ayni ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va yangi manbalar bilan boyitilgan.