Utepberganov Marat Allanazarovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy qoidalar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq oilalarining ijtimoiy va etnopsixologik muammolari”, 19.00.05– Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2DSc/Psi14.

Ilmiy maslahatchi: Shoumarov G‘ayrat Bahramovich, psixologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06. 2017.Psi.01.07.

Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Nazarov Qiyomiddin Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor;  Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Nukus  davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qoraqalpoq yoshlarining oila-nikoh munosabatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarini, oilaviy hayotga tayyorlash holatini aniqlash asosida oila qurishga tayyorlik mezonlarini ishlab chiqish va oila-nikoh barqarorligini ta’minlash  imkoniyatlarini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ko‘r, zaif ko‘ruvchi, kar, zaif eshituvchi imkoniyati cheklanganlar uchun turmush o‘rtoq topishning murakkabligi, oila modelining yo‘qligi va  mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun ota-ona deprivatsiyasi, risoladagi oila va er-xotin  haqidagi tasavvurning yo‘qligi ularning oilaviy hayotga tayyorlashda to‘siq bo‘layotgan asosiy ijtimoiy-psixologik omillar ekanligi va imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy-psixologik hamda oilaviy moslashish masalalari dolzarbligi yanada oshishi aniqlangan;

qoraqalpoq yoshlarining oilaviy hayotga tayyorlashning maishiy-xo‘jalik yuritish, ma’lumot va kasbga egalik, oilaning moddiy ta’minlash imkoniyatlari, er-xotinning shaxs sifatida bir-biriga muvofiqligi, ota-onalar tarbiyachilik funksiyalarini bajarish qobiliyati, o‘zaro axloqiy va hissiy jihatdan bir-birini qo‘llab-quvvatlash shakllanganligi kabi asosiy mezonlari ishlab chiqilgan;

qoraqalpoq yoshlari orasida oila qurishda mustaqillik, muhabbatning ustuvorligi, intim munosabatlarning rasmiylashtirish yetakchi motivlar sifatida,  «murundik ata va murundik apa»  hamda “qiz olib qochish” an’anasining saqlanishi nikoh qurishni mustahkamlovchi etnik omil ekanligi aniqlangan;

maxsus maktab, akademik lisey, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasasi talabalarining oilaviy hayotga tayyorligi haqidagi tasavvuri, “Oilaviy hayot psixologiyasi” fanining o‘quv dasturi, o‘quv qo‘llanmalarining mazmunini tahlil qilish asosida qoraqalpoq oilasining etnopsixologik, ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik xususiyatlari etarli ifoda etilmaganligi aniqlangan;

 qoraqalpoq oilasida oila qurish yoshi, er-xotin orasidagi optimal yosh tafovuti, hayotiy qadriyatlarning umumiyligi, oilada farzandlar mavjudligi, shaxsdagi individual-psixologik xususiyatlari jihatidan bir-biriga mosligi va boshqa omillarni o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan va ilmiy asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.  

Qoraqalpoq oilalarining ijtimoiy va etnopsixologik muammolarini ijtimoiy-psixologik jihatdan tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalari asosida:   

ko‘r, zaif ko‘ruvchi, kar, zaif eshituvchi  imkoniyati cheklanganlar uchun turmush o‘rtoq topish murakkabligi, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun ota-ona deprivatsiyasi, risoladagi oila va er-xotin  haqidagi tasavvurning yo‘qligi ularning oilaviy hayotga tayyorlashda to‘siq bo‘layotgan asosiy ijtimoiy-psixologik omillarning aniqlanganligi haqidagi taklifi O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshqaruvi faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshqaruvi 2017 yil 10 oktyabrdagi 01-04/110-son ma’lumotnomasi). Natijada boshqaruv faoliyatining mahallalarda oilalar bilan ishlash tadbirlari kuchaytirishga xizmat qilgan;

qoraqalpoq yoshlarining oilaviy hayotga tayyorlashning  maishiy-xo‘jalik yuritish, ma’lumotlilik, kasbga egalik, oilaning moddiy taminlash, er-xotinlarning shaxs sifatida bir-biriga muvofiqligi, ota-ona tarbiyachilik funksiyasi, oilaning jamiyatdagi mavqei, emotsional-psixoterapevtik (er-xotinlarning o‘zaro axloqiy va hissiy jihatdan bir-birini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi) kabi asosiy mezonlari ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi faoliyatida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 2017 yil 7 dekabrdagi 1shk-220-17-son ma’lumotnomasi). Natijada  Fuqarolik sudining faoliyatini tashkil etishda psixologik usullarni qo‘llash imkoniyati ta’minlangan;

qoraqalpoq yoshlari orasida oila qurishda mustaqillik, muhabbatning ustuvorligi, intim munosabatlarning rasmiylashtirish yetakchi motivlar sifatida,  «murundik ata va murundik apa»  hamda “qiz olib qochish” an’anasining saqlanishi nikoh qurishni mustahkamlovchi etnik omil ekanligi aniqlangan to‘g‘risidagi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining 2017 yil 10 oktyabrdagi 12-10/102-son ma’lumotnomasi). Natijada Xotin-qizlar qo‘mitasining yoshlarning oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha faoliyatini tashkil etishda psixologik usullarni qo‘llash imkoniyati ta’minlangan;

maxsus maktab, akademik lisey, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasasi talabalarining oilaviy hayotga tayyorligi haqidagi tasavvuri, oilaviy hayot psixologiyasi fanining o‘quv dasturi, o‘quv qo‘llanmalarining mazmunini tahlil qilish asosida qoraqalpoq oilasining etnopsixologik, ijtimoiy, iqtisodiy va hududga xos psixologik xususiyatlari etarli ifoda etilmaganligi aniqlangan taklifi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston  yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2017 yil 7 dekabrdagi 02-07/453-son ma’lumotnomasi). Natijada Kengash a’zolarining yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha olib borayotgan tadbirlari mazmunini ilmiy jihatdan kuchaytirgan;

oilaning barqarorligini ta’minlovchi  omillari (oila qurish yoshi, er-xotin orasidagi yosh tafovuti, ma’lumot saviyasi, hayotiy qadriyatlarning o‘xshashligi, oilada farzandlar mavjudligi, shaxsdagi individual-psixologik xususiyatlari jihatidan bir-biriga mosligi va boshqalar)  aniqlanganligi to‘g‘risidagi takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasining 2017 yil 10 oktyabrdagi 12-10/102-son ma’lumotnomasi). Natijada Xotin-qizlar qo‘mitasining yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarining mazmunan boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish