Panfyorova Irina Vitalievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy yo‘naltirilgan kompetensiyasini shakllantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Ped350.

Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Axmedova Layloxon Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Shadiev Rustam, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy yo‘naltirilgan kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

oliy ta’lim muassasalari talabalarini chet tili mashg‘ulotlarida kasbga yo‘naltirib tayyorlash mexanizmi ESP (maxsus maqsadlar uchun ingliz tilini) iqtisodiyot sohasida tor yo‘nalishda ixtisoslashtirishni EBE (biznes va iqtisodiyot uchun ingliz tili) bilan modifikatsiyalab takomillashtirilgan;

chet tilini kasbga yo‘naltirib o‘qitish jarayonining pedagogik imkoniyatlari ESP tasnifini yo‘nalishini ixtisoslashish kategoriyalariga modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan; 

ingliz tilida iqtisodiy diskurslar shaklda madaniyatlararo kasbiy darajada muloqot kilishga asoslangan pragma-funksional yondashuv tuzilmasi kasbiy yo‘naltirilganlik funksionallik, ijtimoiylashuv, integratsiyalangan formallashtirish va ixtisoslashtirish prinsiplariga ustuvorlik berib takomillashtirilgan;

kasbiy yo‘naltirilgan bilim, amaliy yo‘naltirilgan malakalar, kasbiy axborot bilan ishlashda tanqidiy fikrlash, kasbga yo‘naltirilgan vaziyatli masalalarni echishda kasbiy faoliyatga tegishli til tayyorgarligi texnologiyalari va shakllari takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy yo‘naltirilgan kompetensiyasini shakllantirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kasbiy faoliyatning til tayyorgarligi asosida chet tilini kasbga yo‘naltirib o‘qitish jarayonining pedagogik imkoniyatlari ESP tasnifini yo‘nalishini ixtisoslashish kategoriyalariga modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan va nofilologik ta’lim yo‘nalishidagi OTMlarda ingliz tili o‘qitish ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 9 noyabrdagi 03-0204-son ma’lumotnomasi). Natijada bu talabalarda auditoriyada va auditoriyadan tashqari ishlarda faollikni kuchaytirishda ESP tasnifini yo‘nalishidan foydalanish imkoniyati yaratilgan;

ingliz tilida iqtisodiy diskurslar shaklda madaniyatlararo kasbiy darajada muloqot qilishga asoslangan pragma-funksional yondashuv tuzilmasi kasbiy yo‘naltirilganlik funksionallik, ijtimoiylashuv, integratsiyalangan formallashtirish va ixtisoslashtirish prinsiplaridan ta’lim jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 9 noyabrdagi 03-0204-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy tillarni o‘qitishning innovatsiyalashtirilgan shakllari universitet talabalarining chet tilidan bilim sifatini oshirishga hamda ularni amaliyotga tadbiq etish kompetensiyalarini oshirishga xizmat qilgan;

kasbiy yo‘naltirilgan bilim, amaliy yo‘naltirilgan malakalar, kasbiy axborot bilan ishlashda tanqidiy fikrlash, kasbga yo‘naltirilgan vaziyatli masalalarni echishda kasbiy faoliyatga tegishli til tayyorgarligi texnologiyalari va shakllaridan ta’lim jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 9 noyabrdagi 03-0204-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kasbga yo‘naltirilgan til tayyorgarligini talab etuvchi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish