Abdullaeva Saidaxon Nuritdinovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Akademik lisey o‘zbek guruhlarida rus tilini o‘rgatishda imlo kompetensiyasini shakllantirishga kommunikativ yondashuv”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped198.

Dissertatsiya bajarilgan muassasanomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.

Ilmiy maslahatchi:Axmedova Layloxon Tolibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Qodirova Fotima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipova Nargis Erikovna, pedagogika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: akademik lisey o‘zbek guruhlarida rus tilini o‘rgatishda imlo kompetensiyasini kommunikativ yondashuv asosida shakllantirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kirill va lotin grafikasi imlo me’yorlari asosida o‘zbek tili lotin grafikasi imlosida fonetik qoida va rus tili kirill grafikasi imlosida morfologik qoidani yetakchiligi aniqlashtirilgan;

akademik liseyda rus tili imlosini o‘qitish metodikasi asosida “Guruhning imlo kompetensiyasi” koeffisienti mezonlari lingvometodik jihatidan aniqlashtirilgan;

akademik lisey o‘zbek guruh o‘quvchilarining rus tili yozma ishlaridagi odatiy va barqaror imlo xatolar tipologiyasi aniqlashtirilgan;

akademik lisey o‘zbek guruh o‘quvchilarining imlo kompetensiyasini shakllantirish asosida “Muloqot simulyatorlari” mualliflik uslubiyoti kommunikatsion yondashuv bo‘yicha ishlab chiqilgan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Akademik lisey o‘zbek guruhlarida rus tilini o‘rgatishda imlo kompetensiyasini shakllantirishga kommunikativ yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kirill va lotin grafikasi imlo me’yorlari asosida yetakchiligi aniqlashtirilgan o‘zbek tili lotin grafikasi imlosida fonetik qoida va rus tili kirill grafikasi imlosida morfologik qoidadan “ITD-1-07-«Tilshunoslik asoslari» fanidan darslik, o‘quv-uslubiy majmua va uni elektron variantini yaratish” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 1 iyundagi 89-03-2144-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan yondashuv o‘quv-uslubiy majmuasini ishlab chiqishda xizmat qilgan;

akademik liseyda rus tili imlosini o‘qitish metodikasi asosida lingvometodik jihatidan aniqlashtirilgan “Guruhning imlo kompetensiyasi” koeffisienti mezonlaridan O‘zbekiston Respublikasi Rus madaniyat markazining Namangan filialida rus tili kurslari tinglovchilariga master-klass o‘tkazish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Rus madaniyat markazining 2018 yil 2 iyundagi 84-son ma’lumotnomasi). Natijada rus tilini o‘rganish master-klass jarayoni yangi ta’minot bilan boyitilgan;

akademik lisey o‘zbek guruh o‘quvchilarining rus tili yozma ishlaridagi aniqlashtirilgan odatiy va barqaror imlo xatolar tipologiyasidan  Namangan viloyat tarix va madaniyat muzeyning sayyohlik kurslari gid-stajyorlarini tayyorlashda, shuningdek, muzeyga tashrif buyuruvchilarining rus tilini bilish darajalarini oshirishda foydalanilgan (Namangan viloyati tarix va madaniyat muzeyining 2018 yil 3 maydagi 21-03-19/157-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tasnif o‘quvchilarning rus tili yozma ishlaridagi odatiy va barqaror imlo xatolarining oldini olishga erishilgan;

akademik lisey o‘zbek guruh o‘quvchilarining imlo kompetensiyasini shakllantirish asosida kommunikativ yondashuv bo‘yicha takomillashtirilgan “Muloqot simulyatorlari” metodikasi haqida 2018 yilning 14 va 19 may kunlari Namangan viloyati teleradiokompaniyasining “Oltin zamin” radio efirining “Oltin halqa” va “Nigoh” radio eshittirishlarida ma’lumot berildi (Namangan viloyati teleradio-kompaniyasining 2018 yil 23 maydagi 08-02-420-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsning kiberijtimoiylashuvining mavjud jarayonida rus tili imlosiga o‘qitish muammolariga yangi qarashlar va nuqtai nazarlar tadqiqot natijalari bilan radio eshittirish mazmuni boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish