Musirmanov Dilshod Esirgapovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuzgi bug‘doy seleksiyasida zang kasalliklarga va issiqlikka chidamli birlamchi manbalarni yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2. PhD/Qx 93.
Ilmiy rahbar: Amanov Amir, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mahammatova Mehriniso Usmonovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuzgi bug‘doyning sariq (Puccinia striiformis f. sp. tritici) va qo‘ng‘ir zang (Puccinia recondita f. sp. tritici) kasalliklariga, issiqlikka chidamli hamda qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan birlamchi manbalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamiz uchun kuzgi yumshoq bug‘doy nav namunalarining sariq va qo‘ng‘ir zang kasalliklariga chidamli manbalari aniqlangan;
zang kasalliklarga chidamli nav namunalarni janubiy mintaqa sharoitida baholash asosida issiqlikka chidamli birlamchi manbalar yaratilgan;
nav namunalarni chatishtirish asosida olingan duragaylarda irsiylanish xususiyatlari aniqlangan;
tadqiqotlar natijasida tanlab olingan nav namunalarni kompleks qimmatli xo‘jalik belgilariga asosida birlamchi manbalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi yumshoq bug‘doy seleksiyasi va urug‘chiligida zang kasalliklarga va issiqlikka chidamli birlamchi manbalar yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
kuzgi bug‘doy seleksiyasida zang kasalliklariga va issiqlikka chidamli, yuqori mahsuldor Aubosson x 123/2004, Agrinak x Zamin tizmalari yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 02/021-122-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tizmalarning zang kasalligi va issiqlikka chidamliligi, mahsuldorligi oshgan hamda «Krasnodarskaya 99» andoza naviga nisbatan gektaridan 14,4-16.2 sentner qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan;
xalqaro ilmiy markazlar orqali introduksiya qilingan, bekroz duragaylash asosida olingan, zang kasalligiga va issiqlikka chidamli hamda moslashuvchanligi yuqori, kompleks xo‘jalik belgilariga ega ROLF07/2/KACHU#1, WBLL1*2/KURUKU//HEILO yangi tizmalari yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 02/021-122-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida qimmatli xo‘jalik belgilari majmuiga ega va «Krasnodarskaya 99» andoza naviga nisbatan 6-7 kunga ertapisharlik xususiyatiga ega yangi tizmalar seleksiya jarayonlarida foydalanish uchun birlamchi manbalar sifatida xizmat qilgan;
zang kasalliklarga va issiqlikka chidamli, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yuqori, ertapishar hamda hosildor birlamchi manbalarni tanlash asosida yangi «Nurafshon», «Obod», «Barqaror» navlari yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 02/021-122-son ma’lumotnomasi). Natijada 2019 yil hosili uchun mazkur bug‘doy navlaridan institut tajriba xo‘jaligida, boshlang‘ich urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish asosida 6 tonna urug‘ tayyorlangan va 2020 yil hosili uchun 30 gektar maydonga ekish rejalashtirilgan hamda ushbu navlardan andoza navga nisbatan gektaridan 16-19,5 sentner qo‘shimcha don hosili olingan, gektaridan 904,1-1072,4 ming so‘m sof foyda olishga erishilgan.