Meyliev Akmal Xushvaqtovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yumshoq bug‘doyda sariq zang kasalligining rivojlanishi, epidemiologiyasi va unga qarshi kurashning samarador usullari», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4. PhD/Qx51.

Ilmiy rahbar: Gulmurodov Risqiboy Abdievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Xodjaev Shamil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Buronov Yusuf Xudoynazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sariq zang kasalliklariga bardoshli bo‘lgan navlarning chidamlilik darajasini va fungisidlarni qo‘llab, hosildorlik elementlari, sifat ko‘rsatkich komponentlariga ta’siri hamda respublikamizda tarqalib kelayotgan sariq zang kasalligini monitoring qilish, xaritalash, zang kasalligining irq tahlillarini differesiator navlar asosida aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor respublika g‘alla maydonlarida sariq zang kasalligining tarqalishini monitoring qilish va kasallik rivojlanishiga eng qulay hududlar xaritalangan;

sariq zang kasalligi differensiator navlar to‘plamiga sun’iy yuqtirish orqali identifikatsiya qilingan va kasallik patogenining irqlari aniqlangan;

respublikada zang kasalligini tarqatuvchi patogen populyasiyasidan iborat sporalar bilan innokulyasiya qilish orqali sun’iy infeksion fon yaratilgan hamda navlarning chidamliligi asoslangan;

zang kasalliklarga qarshi ishlatiladigan fungisidlarning bug‘doy hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri hamda biologik samaradorligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Respublikada zang kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ irqlarini tahlil qilish, yumshoq bug‘doy navlarining sariq zang kasalligiga chidamliligini aniqlash hamda fungisidlarni ishlatish samaradorligi bo‘yicha olib borilgan izlanish natijalari asosida:

fermer xo‘jaliklari uchun sariq zang kasalligiga qarshi kurashning samarador usullari bo‘yicha “Boshoqli don ekinlarida uchraydigan begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash” hamda “O‘zbekistonda sariq zang kasalligining rivojlanishi va virulentlik tarkibi hamda unib chiqish fazasidagi chidamlilik darajasini aniqlash” tavsiyanomalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 sentyabrdagi 02/021-1277-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanomalar boshoqli don ekinlarini etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari uchun g‘alladan yuqori va sifatli don hosili olishga xizmat qilgan.

Qashqadaryo viloyatida zang kasalligi tarqalgan maydonlar monitoring qilingan hamda sariq zang kasalligi tarqaladigan tog‘ oldi sug‘oriladigan maydonlari Shahrisabz, Kitob va Yakkabog‘ tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida bug‘doyning sariq zang kasalligiga chidamli bo‘lgan «Hisorak», «Bunyodkor», «G‘ozg‘on» va «Yaksart» navlarini sariq zang kasalligi tarqalishi xavfi bo‘lgan hududlariga 645 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 sentyabrdagi 02/021-1277-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida sariq zang kasalligiga chidamli navlarni etishtirishda ularga qarshi ishlov berilgan maydonlarga nisbatan gektaridan 1,5-2,4 sentner yuqori don hosili olingan va rentabellik darajasi 25-29 foizni tashkil etgan;

sariq zang kasalligi kuchli tarqalish xavfi yuqori Samarqand viloyatining Urgut tumanida 122 gektar, Jonboy tumanida 75 gektar, Bulung‘ur tumanida 105 gektar va Payariq tumanida 155 gektar, jami 457 gektar maydonga sariq zang kasalligiga chidamli bo‘lgan yumshoq bug‘doyning «Hisorak», «G‘ozg‘on» va «Yaksart» navlari joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 sentyabrdagi 02/021-1277-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navlardan fermer xo‘jaliklarida har gektardan o‘rtacha 19-26 sentnergacha don hosili  saqlab qolishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish