Kadirova Zuxra Chingizovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metall oksidlar, organik kislotalar va N-geterohalqali ligandlar hosilalari asosidagi sorbsion va fotokatalitik materiallar», 02.00.01–Noorganik kimyo; 02.00.04–Fizik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc./K3.

Ilmiy maslahatchilar: Parpiev Nusrat Agzamovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik; Sharipov Xasan Turabovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.

Rasmiy opponentlar: Ro‘zimurodov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori; Hajime Wagata, texnika fanlari doktori, professor; Kattaev Nuriddin Turaevich, kimyo fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: metall oksidlar, organik kislotalar va N-geterohalqali ligandlar hosilalari asosidagi sorbsion va fotokatalitik materiallarni olish, ularning fizik-kimyoviy va katalitik xossalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Zn(II), Mo(VI), V(V) larning 2-amino-1-metilbenzimidazol, garmalin va N-geterohalqali gidroksam kislota bilan yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;

yangi aralash ligandli komplekslarda PHA, NHA, MAV, GLN molekulalarining tuzilishi va koordinatsiyalanish usullari, 3 ta ligand xamda 4 ta Zn(II), Mo(VI), V(IV) komplekslarining kristall va molekulyar strukturalari aniqlangan, shuningdek [GLN+H]2[ZnCl4] kompleksida benzimidazol ion juftlarining hosil bo‘lishi isbotlangan;

metall komplekslarining katalitik ta’siri atsetilatseton va HA ionlari bilan bidentat koordinatsiyalangan N1O5-konfiguratsiyali [VO(MAB)(acac)2]xamda O6-konfiguratsiyali [MoO2(HA-H)2] buzilgan oktaedrik komplekslarning elektron tuzilishi va metall ioni tashqi elektron pog‘onasini o‘zgartirish bilan namoyon bo‘ladigan trans-ta’sirga bog‘liqligi aniqlangan;

ilk bor titan va temir oksidlarini faollangan ko‘mir xamda noionogen stirol-divinilbenzol matrisasi bilan birlashtirib, xossalari oldindan belgilangan yangi sorbent-fotokatalizatorlar olingan;

ilk bor olingan sorbent-fotokatalizatorlarning gaz fazada atsetal`degid xamda eritmada nikel, fosfat va metilen ko‘kiga nisbatan sorbsion va kinetik xususiyatlari, shuningdek sorbsiya va fotodegradatsiyaning optimal sharoitlari aniqlangan;

eritmada va qattiq fazada hosil bo‘ladigan komplekslarning tarkibi va tuzilishining sorbsiya jarayoniga xamda organik molekulalar fotodegradatsiyasiga ta’siri ko‘rsatilgan, sorbsiya mexanizmi, desorbsion xossalar aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Metall oksidlar, organik kislotalar va N-geterohalqali ligandlar hosilalari asosidagi sorbsion va fotokatalitik materiallar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

rux kompleksi asosidagi yangi preparatni yaratish uchun O‘zbekicton Recpublikaci Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 03236, 2001 y.). Natijada ekologik muvozanatni saqlagan holda sholi urug‘ini ekish oldi ishlovi samaradorligini oshiruvchi yangi preparat olish imkonini bergan;

fotosintetik faollik asosida suvning ekotoksikologik baholash uchun O‘zbekicton Recpublikaci Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 04167, 2007 y.). Natijada yaratilgan yangi biotestlash usuli biopreparatlarni suv o‘simliklarining hayotliligiga ta’siri orqali suvning ifloslanish darajasini tezkor tahlil qilish imkonini bergan;

ettita yangi birikmalarning rentgen tuzilishi tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam, CIF: FUZZAB02, XOCFAW, FUZZAB01, QEQPOR, BOVMAB, IMIXEH, EVAMUK). Natijada bazaga kiritilgan yangi kimyoviy birikmalar o‘xshash birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;

sorbsiya va fotodegradatsiya bo‘yicha olingan ma’lumotlardan yuqori impakt-faktorli (IF) 117 ta xorijiy jurnallarda namunalarning kristall va molekulyar tuzilishi, sorbsion va fotokatalitik xossali yangi materiallarni yaratish va fizik-kimyoviy tahlili uchun foydalanilgan (Chemistry of Materials, 2015, V.27, RG, IF=8.68; Physical Chemistry Chemical  Physics, 2015, V.17, RG, IF=4.20; Chemical Engineering Journal, 2018, V.339, Elsevier, IF=6.735; Environmental science & technology, 2018, V.52, Science Citation Report, IF=6.653; Catalysis Today, 2018, Elsevier, IF=4.667; Journal of Cleaner Production, 2019, V.215, Elsevier, IF=5.651). Natijada metaloksid va g‘ovak matrisalar asosidagi sorbent-fotokatalizatorlarni yo‘naltirilgan sintezini amalga oshirish imkonini bergan;

suvni tozalashni tezlashtirish va tozalik darajasini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi amaliyoti maishiy chiqindi suvlarni sorbsion tozalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 29 yanvardagi 03-03-752-son ma’lumotnomasi). Natijada maishiy chiqindi suvlarni tozalash samaradorligi va tezligini oshirish imkonini bergan;

sorbent-fotokatalizatorlarning olinish usullari Yaponiyaning Kyushyu universitetining maqsadli ilmiy tadqiqotida foydalanilgan (Yaponiya Kyushyu universitetining 2019 yil 12 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada energetik va ekologik yangi fotokatalizatorlar olish imkonini bergan;

sorbent-fotokatalizatorlar OT-F7-48 «Polimer materiallar sirtiga immobillangan metallar nanozarrachalarining fazaviy o‘zgarishlari mexanizmini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental loyihada texnologik va ekologik maqsadlar uchun yangi sorbsion materiallarni yaratish va chiqindi suvlardan metall ionlarini tozalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 martdagi 89-03-863-son ma’lumotnomasi). Natijada chiqindi suvlarni detoksifikatsiyalashni sorbentlar yordamida kimyoviy tahlil ma’lumotlari bilan taqqoslash imkonini bergan;

sintez qilingan koordinatsion birikmalardan FA-F7-012 raqamli «Polifunksional ta’sirli yangi aralash ligandli koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishi, reaksion qobiliyatlari va biologik xossalarining ilmiy asoslari» mavzusidagi fundamental loyihada biologik faol xususiyatlarning molekula tuzilishiga, markaziy atom qurshoviga va ligandlar tabiatiga bog‘liqligini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 14 martdagi 4/1255-704-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi aralash ligandli komplekslarning tarkibi, tuzilishi, ligandlarning metall ionlari bilan koordinatsiyalanishini tavsiflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish