Toyirova Tursunoy Abdugapirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ipakchilik chiqindilaridan to‘qimachilik materiallari sifatini yaxshilashda ishlatiladigan emul`siyani tayyorlash usulini yaratish», 05.06.01–To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T780.

Ilmiy rahbar: Kulmetov Mirpolat Kulmetovich, texnika fanlari nomzodi, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Akmal Axmedovich texnika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: suvsizlikka chidamli g‘o‘za navlari tolalarining fizik-mexanik  hamda kimyoviy tarkibi ko‘rsatkichlarini tadqiq etib emul`siya tarkibini aniqlash va ipak qurti g‘umbagidan olingan emul`siya ta’sirini o‘rganish, yigirishda qo‘llash usuli texnologiyasini takomillashtirib yuqori sifatli ip va to‘qimachilik materiallari olishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

suvsizlikka chidamli g‘o‘za navi tolalarini fizik-mexanik va kimyoviy ko‘rsatkichlari tahlili va yigirish jarayonida nazorat sinovlari asosida ipakchilik chiqindilaridan yangi tarkibli emul`siya yaratilgan;

to‘qimachilik materiallar sifatini yaxshilashda ipak qurti g‘umbagi emul`siyasini qo‘llash usuli takomillashtirilgan;

to‘liq omilli tajribaviy tadqiqotlar asosida emul`siyalangan 25 teksli ip chiziqiy zichligi bo‘yicha variatsiya koeffisientini kamaytirishning ratsional parametrlari tanlangan;

emul`siyalangan ipdan ishlab chiqarilgan paypoq mahsulotining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishilgan;

to‘quvchilik iplarini oxorlashda ipak qurti g‘umbagi eritma konsentratsiyasining samarali varianti kichik kvadratlar usulida ipining fizik-mexanik xossalariga ta’siri polinominal regressiya modeli bo‘yicha tahlili asosida tavsiya qilingan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ipakchilik chiqindilaridan to‘qimachilik materiallari sifatini yaxshilashda ishlatiladigan emul`siyani tayyorlash usulini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

mahalliy xom ashyo ipakchilik chiqindilaridan olingan emul`siyada paxta tolasiga ishlov berish uchun tarkibga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Paxta tolasini emul`siyalash uchun tarkib” № IAP 04532 2012y.). Ushbu tarkibning qo‘llanilishi natijasida Xorazm viloyatida etishtirilgan Xorazm 127, Qoraqolpog‘iston zonasida sho‘rlangan tuproqda etishtirilgan Chimboy 5018 va xaridorgir Andijon 35 seleksiya navlari tolalarining texnologik jarayondan o‘tishda namlikning saqlanishi va tolalarning zaryadlanish ko‘rsatkichlarining kamaytirish imkonini bergan;

ipak qurti g‘umbagi asosida olingan emul`siya bilan paxta tolasiga ishlov berish usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi “KOTTONTEX” korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi 2018 yil 5 oktyabrdagi DM/217-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida toladan ip chiqishi 1,4 %ga oshirish imkonini bergan;

mahalliy emul`siya bilan paxta tolasiga ishlov berib ip yigirish texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi “KOTTONTEX” korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi 2018 yil 5 oktyabrdagi DM/217-son ma’lumotnomasi). Natijada ip fizik-mexanik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi hamda notekislikni 10%ga kamaytirish, tanda iplarini ipak qurti g‘umbagi asosidagi eritmada oxorlash natijasida ipning nisbiy mustahkamligi oshirish va pardozlash jarayonida oxorni yuvish xarajatlari va vaqtini qisqartirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish