Maksudova Laylo Baxtiyorovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arteriovenoz mal`formatsiyaning serebral nevrologik asoratlari va ularning prognozlash muammolari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.Phd/Tib73.

Ilmiy rahbar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar:Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: A. Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat vrachlar malakasini oshirish instituti (Ozarbayjon Respublikasi).

Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: AVMning bosh miya asoratlari bilan kasallangan bemorlarni prognozlash va davolash masalalarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bosh miya AVM da intrakranial qon ketishining klinik nevrologik, neyrovizualizatsion belgilarining qiyosiy klinik-nevrologik xususiyatlari aniqlangan;

bosh miya AVM bo‘lgan bemorlarda epileptik sindromi xususiyatlari, uchrash chastotasi, AVM ni davolashdan (jarrohlik yoki konservativ) oldin va keyin talvasa sindromi kechishi aniqlangan;

qayta qon ketishning va epileptik xurujlarning oldini olishda AVMning endovaskulyar embolizatsiyasi yuqori samaradorligi isbotlangan;

AVMning nevrologik asoratlarini barvaqt aniqlash va davolash choralar kompleksi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bosh miya arteriovenoz mal`formatsiyasi bo‘lgan bemorlarda kasallikni barvaqt tashxislash va davolash natijalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

 «Bosh miya arteriovenoz mal`formatsiyalari: etiologiyasi, diagnostikasi va davolashning zamonaviy jihatlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 fevraldagi 8n-d/38-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma  AVM bilan bemorlarni olib borish va davolashda klinik hamda patogenetik yondashuvlarni qo‘llagan holda xayot sifatini oshirish imkonini bergan.

bosh miya arteriovenoz mal`formatsiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish maqsadida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika shoshilinch-tibbiy yordam ilmiy markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikalarida amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 fevraldagi 8n-z/31-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi AVMli bemorlarni davolash samaradorligini oshirish, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilash xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish