Hamroev G‘ofir Hasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Ped354.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor; Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarning metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fonetika o‘qitish jarayonida talaffuzi va imlosi qiyin nutq tovushlarini o‘zlashtirishda odatlantiruvchi mashqlardan foydalanish adabiy talaffuz ko‘nikmasini rivojlantirib, imloviy savodxonlikni oshirgan;
fonetikaga doir o‘quv materiallarini takomillashtirishda talaffuzning hududiy muammolari inobatga olinib, fonetik tahlil uchun tanlangan o‘quv materiallari polifonik, polifunksional bo‘lganda samaradorlik yuqori bo‘lishi isbotlangan;
mashq va topshiriq tushunchalari kompetesiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan farqlanib, ularning asosiy qo‘llanilish o‘rinlari belgilab berilgan; nutqiy kompetensiyani rivojlantirish uchun fonetika bo‘limini o‘qitish jarayonida o‘quvchilar qat’iy yod olishi lozim bo‘lgan va yoddan bilishi lozim bo‘lmagan o‘quv materiallarining chegarasi aniqlagan;
fonetikaga doir o‘quv materiallari metodik ta’minotining mazmun, usul va vositalari fonetik kompetensiyani rivojlantirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son Qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqishda dissertatsiya xulosalari, taklif va tavsiyalaridan foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 21 fevraldagi 01-02/2-2-61-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materialarining DTS, dastur va darsliklardagi mazmuni takomillashtirilgan;
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan namoyish etilgan “Ta’lim islohotlari”, “Jarayon” kabi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda, yosh suxandonlarning adabiy talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirishda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 6 dekabrdagi 09-02/512-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va dolzarbligi oshgan, keng jamoatchilikning ona tiliga e’tiborli bo‘lish, adabiy talaffuz va imloviy savodxonlik kabi ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan.
o‘quvchilarni adabiy talaffuzga o‘rgatish, imloviy savodxonligi va so‘z boyligini oshirishga doir o‘quv qo‘llanma qo‘llanma tayyorlanib, amaliyotga joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 21 fevraldagi 01-02/2-2-61-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus mashq va topshiriqlar orqali o‘quvchilarda adabiy talaffuz ko‘nikmalari sezilarli shakllangan, imloviy xatolar kamaygan va so‘z boyligi oshgan.