Xakberdiev Nurbek Musurmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sharqiy O‘zbekistonni paleozoydagi nometall foydali qazilmalarining asosiy turlarini joylashish xususiyatlari va ulardan foydalanish istiqbollari», 04.00.02–Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/GM51.
Ilmiy rahbar: Isaxodjaev Baxtiyar Abdukarimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resurslar instituti DK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti DK, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Koldaev Aleksandr Aleksandrovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Sultonov Po‘lat Salimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Urankamyobmetgeologiya» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sharqiy O‘zbekistondagi paleozoy yotqiziqlari bilan bog‘liq nometall foydali qazilmalarining asosiy turlarini joylashish xususiyatlarini aniqlash va ularning istiqbollarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharqiy O‘zbekiston paloezoy yotqiziqlaridagi nometall foydali qazilmalar asosiy turlari konlari va namoyonlarining joylashish xususiyatlari aniqlangan;
Sharqiy O‘zbekistonda paleozoy yotqiziqlaridagi asosiy turdagi nometall foydali qazilma konlarining sanoat va genetik tasniflari ishlab chiqilgan;
asosiy turdagi nometall foydali qazilma konlari va namoyonlarining istiqbollari asoslangan;
asosiy turdagi nometall foydali qazilma konlari va namoyonlari geologik qidiruv bosqichlari va sanoat o‘zlashtirilishlari bo‘yicha tizimlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sharqiy O‘zbekistonning paleozoy yotqiziqlaridagi asosiy turdagi nometall foydali qazilmalarning joylashish xususiyatlari va ulardan foydalanishning istiqbollarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Chotqol-Qurama hududida ajratilgan baritga istiqbolli maydonlar «Regional geologik-tasvirlash ekspedisiyasi» DUKda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 8 yanvardagi 02/3-son ma’lumotnomasi). Natijada Tangil-Arabuloq, Kichik-Arsagan va Karanko‘l istiqbolli maydonlarida geologiya qidiruv ishlarini olib borish va respublikada barit mineral xomashyo bazasini kengaytirish imkonini bergan;
Namangan viloyatidagi nometall foydali qazilmalarning asosiy turlari bo‘yicha geologiya qidiruv ishlarining kelgusidagi yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar «Regional geologik-tasvirlash ekspedisiyasi» DUKda geologiya qidiruv ishlarini olib borish amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 8 yanvardagi 02/3-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloyati hududida Oqtepa gabbro, Mamay dolomit, Shunavak tomirli kvars va Dushali kvarsit maydonlarida geologiya-qidiruv ishlarini rejalashtirish imkonini bergan;
nometall foydali qazilmalarning asosiy turlari bo‘yicha kon va namoyonlarining istiqboliligini tizimlash natijalari «Davlat geologiya axborot markazi» DK faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2019 yil 8 yanvardagi 02/3-son ma’lumotnomasi). Natijada hududdagi qattiq foydali qazilma konlari va istiqbolli namoyonlari kadastrini to‘ldirish imkonini bergan.