Mirzakulov Sobitjon Oltinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gepatitda jigar mitoxondriyasida energiya almashinuvi va perekisli oksidlanishni flavosan va dadzin bilan korreksiyalash», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B88.
Ilmiy rahbar: [Almatov Karim Tajibaevich], biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.30.08.2018.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Aliev Dilmurod Davronovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali gepatit modelida jigar hujayralari va mitoxondriyalari funksional holatining buzilishlarini aniqlash hamda ularni flavosan substansiyasi va dadzin flavonoidi bilan korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
flavosan va dadzinning surunkali gepatit sharoitida jigar mitoxondriyalarining adenin nukleotidlari miqdoriga, noorganik fosfat va fosfat potensialiga samarali ta’sir etishi asoslangan;
in vivo sharoitida surunkali gepatitni rivojlanish dinamikasiga bog‘liq ravishda flavosan va dadzinni jigar mitoxondriyasi oksidaza fermentlari faolliklarini o‘zgartirishi va nafas koeffisientini pasaytirishi aniqlangan;
flavosan va dadzinni gepatit sharoitida jigar mitoxondriyalaridagi lipidlarning perekisli oksidlanishini kamaytirishi va oksidlanishli-fosforlanish samaradorligini oshirishi aniqlangan;
gepatit sharoitida flavosan va dadzinni jigar mitoxondriyasi fermentlari faolligini susayishiga ijobiy ta’sir etishi va gepatotsitlarning energetik metabolizmini tiklashi isbotlangan;
flavosanni jigar mitoxondriyasi membrana strukturasining butunligini saqlashi aniqlangan va gepatit natijasida o‘zgargan fosfolipidlar miqdorini korreksiyalovchi ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gepatitda jigar mitoxondriyasida energiya almashinuvi va lipidlarning perekisli oksidlanishini flavosan va dadzin bilan korreksiyalash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
flavosan va dadzin flavonoidlarini jigar mitoxondriyalari membranaviy buzilishlariga va ferment faolliklariga gepatoprotektor ta’siri A-11-10 raqamli «Mitoxondrial kasalliklarga qarshi dori preparatlarini yaratish va ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyihada in vivo sharoitida mitoxondriya membranasi lipidlarining peroksidlanish mahsulotlari va antioksidant tizimi fermentlari xossalarini tavsiflashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 dekabrdagi
89-03-4388-son ma’lumotnomasi). Natijada flavosan va dadzin flavonoidlari ta’sirida malon dial`degidi va dien kon`yugatlari miqdori, superoksiddismutaza va katalaza faolliklaridagi ijobiy o‘zgarishlarni aniqlash hamda mitoxondriya funksional parametrlarining stabillashini asoslash imkonini bergan;
flavosan va dadzin flavonoidlarining mitoxondriya funksional faolliklariga samarali ta’siri Surgut davlat universitetining «Xanti-Mansiysk avtonom okrugidagi yovvoyi o‘simliklar polifenollarini ajratib olish, identifikatsiya qilishning innovatsion texnologiyalari va ularni geroprotektor xossalarini shimolning yoshga bog‘liq kasalliklarida tadqiq qilish» mavzusidagi loyihada flavonoidlarni membranastabillovchi xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2019 yil 11 fevraldagi 12-03/329-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshga bog‘liq kasalliklarda yuqori biologik faollikka ega bo‘lgan tabiiy polifenollarning gepatoprotektorlik xususiyatlarini mexanizmlarini asoslash imkonini bergan;
flavosan va dadzin flavonoidlarini gepatoprotektor xossalari FA-A10-T086 raqamli «Alkogolizm va unga bog‘liq asoratlarni davolash va oldini olishning yangi uslublarini ishlab chiqish» fundamental loyihasida flavosan va dadzindan alkogoldan zaharlanish sharoitida yurak va silliq muskul hujayralari ion kanallari disfunksiyasini korreksiya qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 28 yanvardagi 4/1255-189-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali alkogoldan zaharlanishda flavosanni neyroprotektor xossasini namoyon qilishini aniqlash hamda nerv hujayralari ion kanallari buzilishlarini korreksiya qilishini asoslash imkonini bergan.