Sayt test rejimida ishlamoqda

IRNAZAROV Akmal Abdullaevichning doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

    I.Umumiy ma’lumotlar.

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib519

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Surunkali bosh-miya qon aylanish etishmovchiligi bor bo‘lgan bemorlarni tashxislash va jarrohlik davosini mukammallashtiri», 14.00.34–yurak va qon-tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).

Ilmiy  maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoniKarimov Shavkat Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi FA va Rossiya FA akademigi.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.17.01

Dissertatsiya yo‘nalishi (nazariy yoki amaliy ahamiyatga molik): amaliy ahamiyatga molik.

Pedagogik ish tajribasiga qo‘yilgan talabning bajarilgani: 2006-2010 yy. Toshkent tibbiyot akademiyasi fakul`tet va gospital xirurgiya kafedrasi assistenti.

Malakaviy imtihonlar topshirilgan sana va natijasi: ingliz tili (18.03.2013) – 76 (yaxshi); O‘zbekistonning eng yangi tarixi (04.05.2013) – 82 (yaxshi); matematik modellashtirish va matematik statistika asoslari (22.03.2013) – 82 (yaxshi); yurak va qon-tomir xirurgiyasi (29.11.2013) –  90 (a’lo).

    II. Nashr ishlari.

Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:

a) O‘zbekiston Respublikasi OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalari nashr qilish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan 2 ta milliy ilmiy jurnalda 7 ta ilmiy maqola, 3 ta xorijiy ilmiy jurnalda 9 ta ilmiy maqola nashr qilingan; 1 ta patent olingan.

b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 18 ta ma’ruza tezisi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida e’lon qilingan (jumladan: 2010, Moskva; 2012, Sankt-Peterburg).

  III. Tadqiqotning maqsadi: surunkali bosh miya qon-tomir etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda tashxis qo‘yishni takomillashtirish va xirurgik davolash usullarini mutanosiblashtirish yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

    IV. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi:

xirurgik davolash natijalari va tashxislash usullarini qiyosiy baholash asosida UA PD mavjud bemorlarni xirurgik davolash tamoyillari va diagnostikaning ratsional sxemasi ishlab chiqilgan;

mul`tifokal aterosklerozda (MA) aorta yoyi shoxlari, KA, buyrak arteriyalari va OAning qo‘shma zararlanishlari mavjud bemorlarni davolash va tashxislashning algoritmi ishlab chiqilgan;

UA ikki tomonlama zararlangan bemorlarni xirurgik davolashning yaqin va uzoq natijalarini kuzatish asosida tomirlarni birinchi navbatda rekonstruksiya qilishga va bemorlarni olib borishga ko‘rsatmalarni belgilab beruvchi mezonlar ishlab chiqilgan;

o‘tkazilgan BMQAO‘Bdan keyin nevrologik etishmovchilikning (NE) regressiv rivojlanishida bajarilgan rekonstruktiv aralashuvlar muddatiga ko‘ra statistik ishonchli o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;

birinchi marta TUA tizimi orqali embologen insul`tning oldini olish va TUA shoxlariga qon oqishini jalb qilish uchun nafaqat TUAning boshlanish joyida, balki uning shoxlarida ham keng yamoq solib endarterektomiya o‘tkazish operatsiyasi takomillashtirilgan.

    V. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari:

Tadqiqot natijasi asosida «Tashqi uyqu arteriyasini plastika qilish usuli» patenti olingan (Intellektual mulk agentligi, № IAP 04700, 27.06.2011 y.). «Ishemik genezli SBMQTE bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi ko‘rinishida sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 10.07.2014 yildagi 16–sonli xulosasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi SBMQTE bor bo‘lgan bemorlarda davolash taktikasini optimal tanlash, o‘lim ko‘rsatkichini kamida 0,3 foizga kamaytirish va bemorning shikastlangan harakat a’zolarining tiklanishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish