Amanova Nodira Allaberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek estrada musiqasining milliy o‘ziga xosligi janrlar rivoji kesimida», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/San31.
Ilmiy rahbar: Ibrohimov Oqilxon Akbarovich, san’atshunoslik fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.29.11.2017.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaeva Dilfuza Narzullaevna, san’atshunoslik fanlari doktori; Mullajonov Davlat Mavlonovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek milliy estrada musiqasining ustuvor janr va uslub yo‘nalishlari, ularga xos ohang-ritmlarning xususiy belgilari va mazkur san’atning hozirgi davr O‘zbekiston musiqa madaniyatidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek estrada musiqasining muhim immanent va “tashqi” tasnifiy (ommaviylik, tomoshaviylik) xususiyatlari janr va uslubiy yo‘nalishlarning uzviyligida yorqin ifodalanishi asoslab berilgan;
ustuvor janr va uslublarning moslashuv (adaptatsiya), shakllanish va rivojlanish kabi uch bosqichli o‘zgarish dinamikasi aniqlangan;
ommaviy estrada musiqasida ijodkorlik va ijrochilik an’analarining o‘zaro mushtarakligi ochib berilgan;
hozirgi davr o‘zbek estrada musiqasida yangi janr va uslubiy yo‘nalishlar jahon pop musiqasi bilan yaqin aloqadorlikda yuzaga kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek estrada musiqasining milliy spesifikasini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
janrlarning uch bosqichli o‘zgarish dinamikasi (moslashuv, shakllanish va rivojlanish), ijodkorlik sohasining ijrochilik bilan uzviyligi hamda o‘zbek estrada musiqasidagi har bir janr va uslubiy yo‘nalish jahon pop-musiqasi bilan yaqin munosabatda qaror topishi «Jaz va estrada musiqasi tarixi» nomli o‘quv-metodik qo‘llanmada yoritilgan («San’at» nashriyoti, 2010; BBK 85 313 (0), UDK 785161, ISBN 978-9953-388-05-5; 01.02.2019 y., №02-05-145-son ma’lumotnoma). Natijada muallim va o‘quvchilar «Jaz va estrada musiqasi tarixi», «Jahon va o‘zbek jaz-estrada musiqasi tarixi» kabi fanlar bo‘yicha shu vaqtga qadar mavjud bo‘lmagan o‘quv materialini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar;
o‘zbek estrada musiqasining milliy spesifikasi va janrlarini aniqlash uslubi kompozitorlik ijodiyotiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2018 yil 25 dekabrdagi 416-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida o‘zbek estrada musiqasining hozirgi holati va istiqboli ochib berilgan;
o‘zbek estrada musiqasining rivojlanish istiqbollari va tendensiyalari hamda yorqin namoyandalari ijodi va faoliyatiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va «Mahalla» telekanalining ko‘rsatuv va radioeshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokanalining 2019 yil 1 fevraldagi va 19 oktyabrdagi O‘z 10-1-141-son, 04-95-son va 04-88-son ma’lumotnomalari). Bu esa o‘zbek estrada musiqasida yuzaga kelgan turli yo‘nalishlar hamda o‘zbek estrada musiqasining asoschilari va sulolalari ijodini keng ko‘lamda yoritish imkonini bergan.