Kaxarova Dildora Sidikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i va nomi): “Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limning pedagogik-psixologik jihatlarini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped366.
Ilmiy rahbar:Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Lola Rahimovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hasanova Kibriyo, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni takomillashtirishni pedagogik-psixologik jihatdan asoslash va bu borada muhim taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim o‘quv jarayonining tashkiliy-pedagogik tuzilmasi inklyuziv ta’limda kuzatish, nazorat, funksionallik kategoriyalariga ko‘ra, faoliyatni takomillashtirishning pedagogik-psixologik talablarini (motivatsion, kognitiv, faoliyatli, axborotli) belgilash asosida takomillashtirilgan;
alohida e’tiborga muhtoj o‘quvchilarning hayotga inklyuziv moslashuv bosqichlari adaptiv komponentlar (ko‘nikuvchanlik, o‘z-o‘zini baholash, muloqot, kasbga va fanlarga bo‘lgan qiziqish) ko‘rsatkichlari va traektoriyasi (dinamik, uzluksiz, siklik) tahliliga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
Sharq mutafakkirlarining nogiron bolalar tarbiyasi, oilada tarbiya sifati va fazilatlari haqidagi g‘oyalari (e’tiqod, adolat, mardlik, vatanparvarlik, iroda, dunyoqarash, tafakkur) asosida inklyuziv ta’limning qadriyatga (insonparvarlik, hurmat-ehtirom, sabr-toqat, birdamlik, saxovat kabilar) yo‘naltirilgan munosabat jarayonlari mazmuni ochib berilgan;
inklyuziv ta’limning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirishga oid tavsiyalar e’tiborga muhtoj o‘quvchilarning individual xususiyatlari (imkoniyati, qiziqishi, muomalasi, o‘z-o‘zini rivojlantirishi va ko‘nikuvchanligi)ga ko‘ra, o‘quv-tarbiya faoliyatini loyihalash tartibini qo‘llash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limning pedagogik-psixologik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Umumta’lim tizimida alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: umumiy o‘rta ta’lim o‘quv jarayonining tashkiliy-pedagogik tuzilmasi, inklyuziv ta’limda kuzatish, nazorat, funksionallik kategoriyalari, pedagogik-psixologik talablari, alohida e’tiborga muhtoj o‘quvchilarning hayotga inklyuziv moslashuv bosqichlari adaptiv komponentlar ko‘rsatkichlari va traektoriyasi tahliliga oid takliflar A1-XT-1-33147 raqamli “Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarni boshqarish sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihasining bajarilishida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 9 martdagi 01-02/2-2-84-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyihaning amalga oshirilishi uzluksiz ta’lim tizimiga inklyuziv yondashuvni joriy etishning ilmiy asoslarini belgilashga asos bo‘lgan;
Sharq mutafakkirlarining nogiron bolalar tarbiyasi, oilada tarbiya sifati va fazilatlari haqidagi g‘oyalari (e’tiqod, adolat, mardlik, vatanparvarlik, iroda, dunyoqarash, tafakkur), inklyuziv ta’limning qadriyatga (insonparvarlik, hurmat-ehtirom, sabr-toqat, birdamlik, saxovat kabilar) yo‘naltirilgan munosabat jarayonlari mazmuniga oid takliflar asosida “Inklyuziv ta’lim” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 9 martdagi 01-02/2-2-84-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma alohida e’tiborga muhtoj bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berish va takomillashtirish imkonini bergan;
inklyuziv ta’limning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirishga oid tavsiyalari, e’tiborga muhtoj o‘quvchilarning individual xususiyatlari (imkoniyati, qiziqishi, muomalasi, o‘z-o‘zini rivojlantirishi va ko‘nikuvchanligi), o‘quv-tarbiya faoliyatini loyihalash tartibiga doir takliflaridan o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslari, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy psixologiya”, “Maxsus pedagogika” yo‘nalishlarining nazariy mazmunini boyitishda foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi 2018 yil 3 dekabrdagi 01/665-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilar va bo‘lajak pedagoglarda alohida yordamga muhtoj bolalarning ijtimoiy moslashuvi va malakali ta’lim olishlari bo‘yicha bilimlarini oshirish va mustahkamlash imkoniyati ortgan.