Pirmanova Gavxar Nazarkulovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Angliya badiiy merosini o‘rganish talabalarning ingliz tiliga qiziqishini oshirish vositasi sifatida», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped33.

Ilmiy rahbar: Annamuratova Svetlana Karimovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.

Rasmiy opponentlar: Maxmudov Mels Xasanovich pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedova Laylo Tolibjonovna pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Angliya badiiy merosini talabalarning ingliz tiliga qiziqishini oshirish vositasi sifatida o‘rganishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi

talabalarning ingliz tiliga qiziqishini Angliya badiiy merosidan foydalanish orqali oshirish bosqichlari (kognitiv, texnologik-faoliyatli, lingvistik-kommunikativ, refleksiv) ingliz badiiy madaniyati (tasviriy san’at va haykaltaroshlik tavsifi) rivojlanish tendensiyalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;

Angliya badiiy merosini o‘rganishga qaratilgan pedagogik tizim (motivatsion, lug‘aviy-axborot, tizimli topshiriqlar, ijodiy ish, kommunikatsion faoliyat, matn yozish va tarjima kabi) madaniy ehtiyoj komponentlari (talab, tahlil, rivojlantirish, ijodkorlik) asosida takomillashtirilgan;

ingliz tilini o‘qitishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari Angliya badiiy merosini o‘rganish bo‘yicha auditoriyadan tashqari “Angliyaning badiiy merosi” maxsus kurs mazmunini (o‘quv dasturi, malakaviy talablar, baholash parametrlari) ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;

Angliya badiiy merosini o‘rganish mezonlari (lug‘aviy-tushunchaviy, bilish, badiiy idrok etish, ifodalash, amaliy tajriba, ijtimoiylashuv)  asosida talabalarning ingliz tiliga bo‘lgan ongli qiziqishi va kommunikativ faoliyatini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Angliya badiiy merosini talabalarning ingliz tiliga qiziqishini oshirish vositasi sifatida o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:

Angliya badiiy merosini o‘rganishga qaratilgan pedagogik tizim, madaniy ehtiyoj komponentlariga oid takliflar A1-KX-1-60888 raqamli “Ta’lim oluvchilarda ijodkorlik, yangilik yaratish va kasbiy mahoratga qiziqishni shakllantirish-barkamol avlodni tarbiyalashning zaruriy shart-sharoitlari”  mavzusidagi amaliy amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2019 yil 11 yanvardagi 89-03-172-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida “Angliya badiiy merosini o‘rganish orqali ingliz tiliga qiziqishni oshirish tizimi“o‘quv kurslari tashkil etilishi tayanch doktorantlarning ingliz tilida so‘zlashish salohiyatlarini oshirishga xizmat qilgan;

ingliz tilini o‘qitishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari, Angliya badiiy merosini o‘rganish bo‘yicha auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar tashkil etish, “Angliyaning badiiy merosi” o‘quv kursiga oid takliflari oliy ta’lim muassasalarining o‘quv  jarayoniga joriy etilgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2019 yil 11 yanvardagi 89-03-172-son ma’lumotnomasi). Oliy ta’lim muassasalarida mazkur auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning tashkil etilishi talabalarda ingliz tilini egallash samaradorligining oshirish imkoniyatini kengaytirgan;

Angliya badiiy merosini o‘rganishning lug‘aviy-tushunchaviy, bilish, badiiy idrok etish, ifodalash, amaliy tajriba, ijtimoiylashuv mezonlari, talabalarning ingliz tilini ongli qiziqishi va kommunikativ faoliyatini shakllantirish, didaktik ta’minotga oid taklif va tavsiyalari asosida “Angliya badiiy merosini o‘rganish orqali ingliz tiliga qiziqishni oshirish tizimi“ o‘quv qo‘llanma  ishlab chiqilgan va joriy etilgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2019 yil 11 yanvardagi 89-03-172-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik taklif va tavsiyalar  ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirishga imkoniyat yaratgan.

talabalarning ingliz tiliga qiziqishini oshirishda Angliya badiiy merosidan foydalanish bosqichlari, ingliz badiiy madaniyati, tasviriy san’at va haykaltaroshlik tavsifiga oid takliflaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining chet tili o‘qituvchilari o‘qituvchilarining malakasini oshirish o‘quv o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2019 yil 11 yanvardagi 89-03-172-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv dasturlari chet tili o‘qituvchilarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, uzluksiz ravishda kasbiy mahoratlarini rivojlantirish va malakalarini oshirishlariga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish