Berdimuratov Paraxat Tajimuratovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chigit seyalkasi uchun pushta shakllantirgichni yaratish va parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T419.

Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.01.

Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdillaev Tulegen, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: chigit seyalkasi uchun pushta hosil qiluvchi qurilmasini asoslash asosida ekish sifatini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

chigitni pushtaga ekishda pushtalarning sifatli shakllanishini ta’min-laydigan qurilma konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

pushta shakllantirgichning sirpang‘ichi uzunligi yarim o‘qyoysimon yumshatkich panjalar oralig‘i va pushta quyi qismining enini hisobga olgan holda aniqlangan;

pushta shakllantirish uchun yumshatkich, trapesiyasimon sirpang‘ich, yon otval, to‘sqich va zichlash mexanizmidan tashkil topgan qurilma ishlab chiqilgan;

pushta shakllantirgichning sifat va energetik ish ko‘rsatkichlari qurilma elementlarining parametrlarini va harakat tezligini hisobga olgan holda aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Chigit seyalkasi uchun pushta shakllantiruvchi qurilmani ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlardan olingan natijalari asosida:

chigit seyalkasi uchun pushta shakllantiruvchi qurilmaga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patentlari olingan («Qator ekiladigan ekinlarni ekuvchi qurilma» №FAP 00396-2008 y., «Pushtaga ekish qurilmasi» №FAP 00473-­2009 y.). Natijada chigit seyalkalari uchun maxsus tuproq surgichli pushta shakllantirgich konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;

aniqlangan parametrlar asosida ishlab chiqilgan pushta shakllantiruvchi qurilma Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi, jumladan Andijon viloyati Shaxrixon tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 18 maydagi 02/023-57-son ma’lumotnomasi). Natijada chigit ekishdagi yonilg‘i-moylash materiallari 43,3 foizga va foydalanish xarajatlarini 31,4 foizga kamaytirish imkonini bergan;

pushta shakllantiradigan qurilmani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 18 maydagi №02/023-57-son ma’lumotnomasi). Natijada chigit seyalkasi bilan birga ishlatiladigan pushta shakllantiruvchi qurilma ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish