Jumaniyozov Mansurbek Shomurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bombyx mori L. tut ipak qurtining takroriy boqish uchun naslli urug‘larini tayyorlash va saqlash texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.04– Ipakchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx253.
Ilmiy rahbar: Umarov Shavkat Ramazanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.30.08.2018.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Axmatjon Bakievich, biologiya fanlari doktori, professor; Navruzov Sobir, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoz va kuz mavsumining keskin o‘zgaruvchan, noqulay tabiiy iqlim sharoitiga mos zotlarni tanlash, ipak qurti zotlarining reproduktiv, pillaning mahsuldorlik va texnologik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga oid texnologiyalarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tut ipak qurtini takroriy boqish uchun mos zot va tizimlari tanlangan;
yoz va kuz fasllarida ipak qurtining xo‘jalik belgilari va nasldorlik xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;
takroriy qurt boqish uchun tanlangan zotlarning genetik potensialini to‘liq namoyon qilishda «Oligovit» vitamin va mikroelementlar kompleksidan foydalanish mumkinligi isbotlangan;
naslli qurtlarning mahsuldorligini oshirishda ilk bor ekzogen lizin va metionin aminokislotalari ta’siri ilmiy asoslangan;
yoz mavsumi uchun tayyorlangan urug‘larni saqlashning optimal muddatlarini, qurtlarning embrional hayotchanligiga ta’siri aniqlangan;
takroriy boqish uchun ipak qurti urug‘larini tayyorlash va ularni saqlashning samarali uslubiyoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tut ipak qurtining takroriy boqish uchun naslli urug‘larini tayyorlash va saqlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
urug‘chilik korxonalarida urug‘ tayyorlash va uning sifatini oshirish bo‘yicha «Takroriy ipak qurti boqish uchun urug‘ tayyorlash va saqlashning takomillashtirilgan uslubiyoti» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-46/1-son ma’lumotnomasi). Natijada 40 quti parvarishlangan ipak qurtining 1 quti qurt hisobidan 5,9-6,8 kilogrammdan qo‘shimcha naslli pilla hosili va undan mos ravishda 3,0-3,6 qutidan qo‘shimcha elita urug‘lari tayyorlashga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik 300000-432000 so‘mni tashkil etgan;
yoz mavsumida to‘yimliligi pasaygan tut barglari aminokislotalar bilan boyitilib ipak qurtilarini parvarishlash usuli «Andijon naslli ipak qurti urug‘i tayyorlov» MChJ da «Go‘zal» va «Marvarid» zotlarining jami 30 quti hajmda joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-46/1-son ma’lumotnomasi). Natijada bir quti qurtdan 7,3-8,0 kilogramm qo‘shimcha naslli pilla hosili olingan va ulardan 3,9-4,1 quti elita urug‘lari tayyorlangan hamda iqtisodiy samaradorlik 431000-487000 so‘mga oshishiga erishilgan;
naslli urug‘chilik korxonalarida tayyorlangan jami 30 quti elita urug‘lari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz «Kesh tongi» urug‘chilik korxonasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 01/032-46/1-son ma’lumotnomasi). Natijada elita urug‘laridan har bir quti qurt hisobidan o‘rtacha 5,6 kilogrammdan qo‘shimcha naslli pilla hosili olingan va 2,6 qutidan qo‘shimcha sanoat duragay urug‘lari olingan hamda iqtisodiy samaradorlik 232000 so‘mni tashkil etgan.