Abdullaeva Shoira Xamidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagog professional kompetentliligini shakllantirishning ijtimoiy psixologik mexanizmlari”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya bo‘yicha (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Psi15.
Ilmiy maslahatchi: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Mo‘minova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxtorov Azamat Muxtorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagog professional kompetentligini shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik mexanizmlarining komponentlarini aniqlash hamda pedagoglarda professional kompetentlikning shakllantirishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogning professional kompetentligini belgilovchi predmetli-faoliyatlilik komponenti (faoliyatni erkin tanlashga intilish, insonlar bilan ishlashga yo‘nalganlik, o‘zga kishilar uchun o‘zini safarbar etish, natijalar uchun to‘siqlarni bartaraf etish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, muvaffaqiyatga intilish, tavakkal qilishga tayyorlik, yangilik yaratishga intilish), shaxslilik komponenti (sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarga javob berish, o‘zga kishilarni qo‘llab-quvvatlash va ko‘maklashishga qobiliyatlilik, emotsional holatlarini nazorat qilishga o‘quvlilik), ijtimoiy-kommunikativlik komponenti (muloqotdagi qayishqoqlik, tolerantlik, muomalada o‘zini nazorat qilish malakasini rivojlanganligi) aniqlangan;
pedagogda professional kompetentligining shakllanishi unda noaniqlikka tolerantlikni, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini, o‘zini omadli shaxs ekanligi haqidagi tasavvurini rivojlanishiga hamda rigidlikni, xavotirlanish va innovatsion faoliyatga nisbatan qarshiliklarni pasayishiga olib kelishi asoslangan;
pedagog professional kompetentligining professional-faoliyatli ong, “Men-pedagog” konsepsiyasining professional jihatdan aniqliligi, faoliyatning amalga oshirishga axborot va vositalar bilan tayyorlik kabi tarkibiy tuzilmalari aniqlangan;
sintezlovchi refleksiyaga qobiliyatlilik, faoliyatni loyihalash va amalga oshirishga qobiliyatlilik, ijobiy “Men konsepsiyasi” pedagogda professionalizmni tarkib toptirishning psixologik shart-sharoitlari ekaniligi isbotlangan;
pedagog professional kompetentligining maxsus (o‘qituvchilik faoliyati bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma, malakalar), ijtimoiy (muomalaga kirisha olish, o‘zaro ta’sir malakasi) va shaxslilik (individual va kasbiy-muhim sifatlar, emotsional barqarorlik, qiyin vaziyatlardan chiqib keta olish malakasi) komponentlari shakllanishi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagog professional kompetentliligini shakllantirishning ijtimoiy psixologik mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogning professional kompetentligini belgilovchi predmetli-faoliyatlilik komponenti (faoliyatni erkin tanlashga intilish, insonlar bilan ishlashga yo‘nalganlik, o‘zga kishilar uchun o‘zini safarbar etish, natijalar uchun to‘siqlarni bartaraf etish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, muvaffaqiyatga intilish, tavakkal qilishga tayyorlik, yangilik yaratishga intilish), shaxslilik komponenti (sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarga javob berish, o‘zga kishilarni qo‘llab-quvvatlash va ko‘maklashishga qobiliyatlilik, emotsional holatlarini nazorat qilishga o‘quvlilik), ijtimoiy-kommunikativlik komponenti (muloqotdagi qayishqoqlik, tolerantlik, muomalada o‘zini nazorat qilish malakasini rivojlanganligi) aniqlanganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Namangan davlat universiteti o‘quv jarayonlarida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 noyabrdagi 89-03-2777-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi pedagoglarda professional kompetentlik komponentlari, ularning shakllanish shart-sharoitlari va mexanizmlarini shakllantirish imkoniyati paydo bo‘lgan;
pedagogda professional kompetentligining shakllanishi unda noaniqlikka tolerantlikni, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini, o‘zini omadli shaxs ekanligi haqidagi tasavvurini rivojlanishiga hamda rigidlikni, xavotirlanish va innovatsion faoliyatga nisbatan qarshiliklarni pasayishiga doir ilmiy natijalar Toshkent viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari faoliyatida joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 noyabrdagi 89-03-2777-son ma’lumotnomasi). Natija pedagoglik faoliyatini olib borayotgan va malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan pedagoglarda professional kompetentlik darajasini aniqlash va uning zarur komponentlarini shakllantirish, o‘qituvchilarda kasbiy deformatsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
pedagog professional kompetentligining professional-faoliyatli ong, “Men-pedagog” konsepsiyasining professional jihatdan aniqliligi, faoliyatni amalga oshirishga axborot va vositalar bilan tayyorlik kabi tarkibiy tuzilmalarini aniqlashga doir ilmiy yangilik O‘zbekiston Milliy universiteti, Namangan davlat universiteti va Toshkent viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazining o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 noyabrdagi 89-03-2777-son ma’lumotnomasi). Natija pedagoglarda professional kompetentlilikni shakllantirishning tizimli metodik ta’minotini yaratishga xizmat qilgan;
sintezlovchi refleksiyaga qobiliyatlilik, faoliyatni loyihalash va amalga oshirishga qobiliyatlilik, ijobiy “Men konsepsiyasi” pedagogda professionalizmni tarkib toptirishning psixologik shart-sharoitlari bo‘yicha olingan ilmiy yangilik O‘zbekiston Milliy universiteti va Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘quv jarayonlariga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 noyabrdagi 89-03-2777-son va 2017 yil 30 dekabrdagi MX-01/21-231-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lajak pedagog mutaxassislarni o‘quv jarayonida kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini samarali shakllantirish tizimi takomillashtirilgan;
pedagog professional kompetentligining maxsus (o‘qituvchilik faoliyati bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma, malakalar), ijtimoiy (muomalaga kirisha olish, o‘zaro ta’sir malakasi) va shaxslilik (individual va kasbiy-muhim sifatlar, emotsional barqarorlik, qiyin vaziyatlardan chiqib keta olish malakasi) komponentlari shakllanishi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorligiga doir ilmiy yangilik O‘zbekiston Milliy universiteti va Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘quv jarayonlariga qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 noyabrdagi 89-03-2777-son va 2017 yil 30 dekabrdagi MX-01/21-231-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lajak pedagog mutaxassislarni o‘quv jarayonini individual-psixologik jihatdan tashkil etish chora-tadbirlarini takomillashtirishga erishilgan.