Umirova Svetlana Ma’murjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek she’riyatida lingvistik vositalar va poetik  individuallik (Usmon Azim she’riyati misolida)», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil223.

Ilmiy rahbar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.

Rasmiy opponentlar: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi zamon o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Usmon Azim she’riy asarlari tilini lingvopoetik tahlil etish orqali uning individual ijodiy manerasiga xos xususiyatlarni belgilash va shoir poetik asarlari matnida konnotativ vazifa bajarayotgan yadroviy elementlarning uslubiy imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek poetik nutqi fondining tarkibiy qismi sanaladigan Usmon Azim she’riyati matni lingvopoetik tahlilida uning ijodiga xos bo‘lgan individual jihatlar asoslangan;

poetik sintaktis elementlarning funksional-stilistik o‘ziga xosliklari hamda o‘zbek tilidagi gap qurilishining an’anaviy tamoyillaridan ko‘ra ijodkor individual uslubiga xos bo‘lgan struktural o‘zgarishlari dalillangan;

Usmon Azim poetik tafakkuri va individual manerasini belgilaydigan, adabiy til me’yori uchun g‘ayriodatiy bo‘lgan sintaktik qurilmalarning mantiqiy va grammatik aloqasi, gapda, frazada, umuman matnda so‘zlarning, sintaktik qurilmalarning g‘ayriodatiy o‘rinlashishi isbotlangan;

Usmon Azim she’riyatining ritmik sintaksisi va ritorikasini vujudga keltirgan stilistik figuralar o‘zbek xalq dostonchiligida mavjud bo‘lgan ohang, bayon usuli bilan taqqoslanib, shoirning individual uslubi ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Usmon Azim she’riy asarlari matnida qo‘llanilgan ayrim til birliklarining lingvostilistik va lingvopoetik xususiyatlari tadqiqi natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:

leksik-sintaktik birliklarning aktuallashuvi natijasida Usmon Azim she’riyati matnida yuzaga kelgan betakror she’riy matn va bu birliklarning poetik individuallikni belgilashdagi xizmatlarini yoritishga va o‘zbek tilining tasviriy ko‘lamiga oid olingan xulosalar FA-F1G041 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 13 aprel` 2018 yil 89-03-1415-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida ko‘plab lug‘aviy birliklarning izohlari mukammallashtirilgan;

mustaqillik yillari she’riyatining badiiy poetik xususiyatlari, poetik individuallik, she’riyatda lingvistik vositalarning ifodasi masalalari yuzasidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand  viloyat bo‘limi qoshidagi «Sadoqat» adabiy-ijodiy to‘garagida faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 24 iyuldagi 2018 yil 01-03-11/992-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga tatbiq etilishida Usmon Azim she’riyati haqidagi qarashlarini boyitilishiga, keyingi yillar she’riyatidagi adabiy-estetik hodisalar asosida nazariy xulosalar chiqarishga asos bo‘lgan;

Usmon Azim she’riyatining o‘ziga xos tamoyillari, nazariy qarashlari, shoir she’riyatining xalqona ruhi, badiiy til xususiyatlari haqidagi mulohazalaridan «Ma’naviyat qalb ko‘zgusi», «Assalom, Farg‘onam», «Tema dnya», «Adabiyot gulshani» kabi ko‘rsatuv va radioeshittirishlarda foydalanilgan. (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 12 oktyabrdagi 01-10/670 son ma’lumotnomasi, Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 16 avgustdagi 12-01/102-son ma’lumotnomasi, Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 28 avgustdagi 1250-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur manbalar teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmunini mukamallashtiririlgan va ilmiy dalillar bilan boyitilgan;

tadqiqot natijalari asosida yaratilgan «Usmon Azim asarlari tilining lug‘ati» (alfavitli: 978-9943-5369-7-5, chastotali: 978-9943-5369-8-2, ters: 978-9943-5369-9-9) til ta’limida badiiy nutq jarayonida yuzaga keladigan konnotativ ma’nolar va leksik material aktuallashuvini anglashga xizmat qilishi amalda ko‘rsatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish