Asqarova O‘g‘ulxon Mamashakirovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Ped26.
Ilmiy maslahatchi: Mirqosimova Marg‘uba Mirqobilovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muxammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori; Akramov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashning tarkibiy asoslari (ijtimoiy-rolli, ijtimoiy-foydali, ijodiy va ijtimoiy-maishiy) patronat xizmatni tashkil etishning mikroomillar (shaxsiy-individual yo‘nalganlik, referent guruh) bilan integrativ uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
“Mehribonlik” uylarida shaxsiy-insonparvarlik yondashuvga asoslangan tarbiya jarayonini tashkil etish (hamkorlik muhiti, bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish, oilaviy hayotga tayyorlash) madaniy-tarbiyaviy muhitning tashkiliy-integrativ mexanizmlarini intensiv loyihalash asosida takomillashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik-profilaktik mazmuni“sub’ekt-sub’ekt” munosabatlari tizimiga ijtimoiy moslashuv, individual hulq-atvor strategiyalarini tanlay olish va interiorizatsiya elementlarini kiritish orqali boyitilgan;
“Mehribonlik” uylaridagi tarbiyaviy faoliyat samaradorligini baholashning empirik indikatorlari (baholi-tavsifiy darajasi) va ko‘rsatkichlarini (kognitiv, faoliyatli, emotsional-qadriyatli) aniqlashtirish asosida samarali muloqot va integratsiya birligi sifatida tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish mexanizmi takomillashtirilgan;
“Mehribonlik” uylari pedagog xodimlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish arxitektonikasi kommunikativ kompetensiyalarni (sotsiolingvistik, diskursiv, strategik va ijtimoiy-madaniy) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish talablari bilan interaksiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlash pedagogik mexanizmlari takomillashtirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashning tarkibiy asoslarini aniqlashtirish, patronat xizmatni tashkil etishga doir konseptual g‘oya va takliflardan pedagogika va psixologiya bakalavriat yo‘nalishlari uchun “Pedagogika” (2007 y., 0933 raqamli guvohnoma) darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 fevraldagi 83-03-652-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabalarini ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik-profilaktik mazmuni, funksiyalari va yo‘nalishlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 avgustdagi “Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 263-son Qarori bilan tasdiqlangan me’yoriy-metodik hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’lim vazirligining 2017 yil 10 iyuldagi 89-03.13.03-son ma’lumotnomasi). Natijada Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashda korreksion-profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
“Mehribonlik” uylarining rivojlanish bosqichlarining o‘ziga xos hususiyatlari, tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning ijtimoiy-tarixiy asoslari, shaxsiy-insonparvarlik yondashuvga asoslangan tarbiya jarayonini tashkil etishning tashkiliy-integrativ mexanizmini takomillashtirishga doir tahliliy materiallardan pedagogika va psixologiya yo‘nalishi uchun “Pedagogika” (2007 y., 0933 raqamli guvohnoma) darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 fevraldagi 83-03-652-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash modelining komponentlari va diagnostik apparatini fasilitatsion tizim asosida takomillashtirishga erishilgan;
“Mehribonlik” uylaridagi tarbiyaviy faoliyat samaradorligini baholashning empirik indikatorlari va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish, samarali muloqot va integratsiyasi birligi sifatida tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “O‘zstandart” agentligining 2015 yil 15 fevraldagi 2-540-son qarori bilan tasdiqlangan pedagogika sohasi bakalavriat yo‘nalishlari davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 fevraldagi 83-03-652-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni o‘quv amaliyoti jarayonida “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy hayotga tayyorlashga doir individuaal va jamoaviy ijodiy ishni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
“Mehribonlik” uylari pedagog xodimlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish arxitektonikasini takomillashtirish, kommunikativ kompetensiyalar tizimini aniqlashtirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish talablari asosida “ITD-4-122. Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 10 iyuldagi 89-03-13.03-son ma’lumotnomasi). Natijada “Ijtimoiy hayot va munosabatlarga moslashishning yo‘l harakatlari” tarkibi “faol ishtirokchi va tashkilotchi”, “Patronat tarbiyachi”, “Ijtimoiy tez yordam”kabi ijtimoiy-pedagogik omillardan doimiy foydalanishga va amalga oshirishga erishilgan.